III Rossiysko-Uzbekskiy mediaforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
III Rossiya-O‘zbekiston mediaforumi
Uchinchi Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi 9–10 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilmoqda.

Aqlvoy platformasi, tarixiy filmlar va Soyuzmultfilm: Bolalar kontenti markazi rejalari

© Sputnik / Sgenerirovano IIV Uzbekistane sozdayetsya sifrovaya platforma dlya detey "Aqlvoy"
V Uzbekistane sozdayetsya sifrovaya platforma dlya detey Aqlvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2026
Obuna bo‘lish
Zafar Yo‘ldoshev bolalar uchun "Aqlvoy" platformasi sinovdan o‘tayotgani va unda 1500 tadan ortiq material jamlanganini bildirdi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bolalar uchun "Aqlvoy" raqamli platformasi yaratilmoqda, tarixiy shaxslarning bolaligi haqida filmlar tayyorlanmoqda va Rossiyaning "Soyuzmultfilm" kinostudiyasi bilan hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ijrochi direktori Zafar Yo‘ldoshev III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Aqlvoy" platformasi
Platforma bolalar uchun filmlar, multfilmlar, kitoblar, qo‘shiqlar va o‘yinlarni birlashtiradi.
Undan smartfon, televizor va internet orqali foydalanish imkoniyatini yaratish rejalashtirilgan.
Hozir platforma sinov rejimida ishlamoqda. Unga 2000 tadan ortiq material orasidan tanlangan 1500 tadan ziyod material, jumladan, o‘zbek tiliga dublyaj qilingan xorijiy multfilmlar joylashtirilgan.
Qanday filmlar tayyorlanmoqda?
Ayni paytda Amir Temur, Abu Ali ibn Sino va Zahiriddin Muhammad Boburning bolaligi haqida filmlar ustida ish olib borilmoqda.
Shuningdek, bolalar o‘rtasidagi kamsitishga bag‘ishlangan "Ikkichi" filmi, giyohvandlik va internetdagi qimor o‘yinlari xavfi haqidagi "Oldingdagi yo‘l" seriali hamda "Yo‘lbars" animatsion seriali kabi loyihalar mavjud.
Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, bolalar kontenti bo‘yicha ijodiy tanlovlarga 24 ta yo‘nalishda 721 ta loyiha taqdim etilgan. Ular orasida 66 ta badiiy film, 34 ta serial, 20 ta animatsion serial va 17 ta anime bor. Markaz ish rejasiga 49 ta mustaqil loyiha kiritilgan.
"Soyuzmultfilm" bilan hamkorlik
Markaz Rossiyaning "Soyuzmultfilm" kinostudiyasi bilan muloqot boshlagan.
Hamkorlik doirasida o‘zbek ssenariynavislari, rejissorlari va animatorlari uchun mahorat darslari o‘tkazish, Rossiya bolalar asarlarini o‘zbek tiliga, O‘zbekistonda yaratilganlarini esa rus tiliga tarjima qilish taklif etilmoqda.
Kelgusida qo‘shma animatsion loyihalar yaratish imkoniyati ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Direktor Sentra podgotovki kontenta dlya SMI Axmedov Kobuljon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
III Rossiya-O‘zbekiston mediaforumi
Qobuljon Ahmedov Rossiya bilan mediahamkorlik bo‘yicha to‘rt taklif bildirdi
Yangiliklar lentasi
0