RF Davlat dumasi saylovi: Jizzaxdagi AES maydoni, Andijon va Namanganda ovoz berish bo‘ladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishVibori prezidenta Rossii
Vibori prezidenta Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2026
Obuna bo‘lish
Muddatidan oldin ovoz berish 18-sentabrda Jizzaxdagi AES qurilish maydonida, 19-sentabrda esa Andijon va Namanganda tashkil etiladi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Jizzaxdagi integratsiyalashgan AES qurilish maydonida 18-sentabr kuni Rossiya Davlat dumasi saylovida muddatidan oldin ovoz berish bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
8297-saylov uchastkasi doirasida ovoz berish Forish tumanidagi AES qurilish maydonchasida soat 10:00 dan 16:00 gacha tashkil etiladi.
19 sentabr kuni esa 8371-saylov uchastkasi doirasida Andijon va Namanganda saylovchilarning ayrim guruhlari uchun ovoz berish o‘tkaziladi:
Andijon — Lermontov ko‘chasi, 51-uy, 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabi, soat 11:00 dan 14:00 gacha;
Namangan — 4-kichik tuman, G‘alaba ko‘chasi, 21A-uy, "Do‘stlik uyi", soat 11:00 dan 14:00 gacha.

Rossiya Davlat dumasining yangi chaqiriq deputatlari saylovida asosiy ovoz berish 20-sentabrda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda saylov uchastkalari Toshkent, Samarqand va Farg‘onada soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.

Toshkentda uchastkalar Rossiya elchixonasi — Nukus ko‘chasi, 83-uy hamda Rus uyi — Yunus Rajabiy ko‘chasi, 63-uyda ochiladi. Farg‘onada ovoz berish "Asia Fergana" mehmonxonasida, Samarqandda esa "Zilol Baxt" mehmonxonasida tashkil etiladi.
Ovoz berish kuni 18 yoshga to‘lgan va O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan Rossiya fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Buning uchun shaxsan saylov uchastkasiga kelib, amaldagi Rossiya pasportini taqdim etish lozim. Konsullik hisobida turish talab qilinmaydi, xorijda masofaviy elektron ovoz berish imkoniyati nazarda tutilmagan.
Predsedatel Senata Tanzila Narbayeva provela vstrechu s poslom Rossii Alekseyem Yerxovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2026
O‘zbekiston va Rossiya parlamentlararo aloqalarni faollashtiradi
Yangiliklar lentasi
0