https://oz.sputniknews.uz/20260908/mirziyoev-vuchich-kelishuvlar-60301647.html
O‘zbekiston va Serbiya savdo, yangi loyihalar va mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlarga erishdi
O‘zbekiston va Serbiya savdo, yangi loyihalar va mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlarga erishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari Belgradda savdo, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi va mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi. 2026–2028 yillarga sanoat sherikligi rejasi qabul qilindi.
2026-09-08T17:53+0500
2026-09-08T17:53+0500
2026-09-08T17:53+0500
serbiya
o‘zbekiston
iqtisod
ta’lim
madaniyat
hamkorlik
qishloq xo‘jaligi
tashrif
shavkat mirziyoyev
aleksandr vuchich
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/08/60300854_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_62e82e414faffb390ffab3b97ad0f9c1.jpg
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga tashrifi doirasida Belgradda O‘zbekiston va Serbiya prezidentlarining yuzma-yuz hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich o‘zaro savdoni, avvalo, talab yuqori bo‘lgan tovarlar yetkazib berish hajmini oshirish hisobiga kengaytirish masalalarini muhokama qildi.Transport va logistika, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tibbiyot va raqamli iqtisodiyotda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Avtomobil qismlari, uskunalar, elektr texnika va elektronika ishlab chiqarishda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.Muzokaralar yakunida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan sanoat sherikligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilindi.Tomonlar Samarqand viloyati va Voyevodina, shuningdek, Samarqand va Novi-Sad shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilganini olqishladi.Ta’lim, madaniyat, sport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish, madaniyat kunlari, kino, teatr va musiqa festivallarini birgalikda o‘tkazishga kelishildi.Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260908/uzbekistan-serbia-erkin-savdo-bitim-60283302.html
serbiya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/08/60300854_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_af1220ccee875580c9d53283645eaaa4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
serbiya, o‘zbekiston, iqtisod, ta’lim, madaniyat, hamkorlik, qishloq xo‘jaligi, tashrif, shavkat mirziyoyev, aleksandr vuchich
serbiya, o‘zbekiston, iqtisod, ta’lim, madaniyat, hamkorlik, qishloq xo‘jaligi, tashrif, shavkat mirziyoyev, aleksandr vuchich
O‘zbekiston va Serbiya savdo, yangi loyihalar va mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlarga erishdi
Tomonlar savdoni oshirish, sanoat kooperatsiyasi, mehnat migratsiyasi va gumanitar aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga tashrifi doirasida Belgradda O‘zbekiston va Serbiya prezidentlarining yuzma-yuz hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich o‘zaro savdoni, avvalo, talab yuqori bo‘lgan tovarlar yetkazib berish hajmini oshirish hisobiga kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Shu maqsadda Erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish, standartlashtirish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro ko‘rgazmalar tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Transport va logistika, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tibbiyot va raqamli iqtisodiyotda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Avtomobil qismlari, uskunalar, elektr texnika va elektronika ishlab chiqarishda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan sanoat sherikligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilindi.
Tomonlar Samarqand viloyati va Voyevodina, shuningdek, Samarqand va Novi-Sad shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilganini olqishladi.
Ta’lim, madaniyat, sport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish, madaniyat kunlari, kino, teatr va musiqa festivallarini birgalikda o‘tkazishga kelishildi.
Serbiya tomoni tartibli mehnat migratsiyasi sohasida tizimli hamkorlikka qiziqish bildirgan. Prezidentlar tashrif doirasida Mehnat mobilligi va migratsiyasi to‘g‘risidagi bitim qabul qilinganini olqishladi.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi.