https://oz.sputniknews.uz/20260827/india-uzbekistan-60007562.html
Hindiston bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Hindiston bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Sputnik O‘zbekiston
Narendra Modi 29–30 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. U Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazadi va Toshkentdagi universitetlardan biriga tashrif buyuradi.
2026-08-27T16:33+0500
2026-08-27T16:33+0500
2026-08-27T16:41+0500
tashrif
shavkat mirziyoyev
siyosat
hindiston
o‘zbekiston
narendra modi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28279778_0:98:1280:818_1920x0_80_0_0_953559ffd7077d4f39ef832f938bcfd3.jpg
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29–30 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Toshkentda Modi va Mirziyoyev delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, “Rivojlangan Hindiston — 2047” (“Viksit Bharat 2047”) va “O‘zbekiston — 2030” strategiyalarini amalga oshirish doirasida hamkorlik qilish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.Hindiston bosh vaziri Toshkentdagi Lal Bahodir Shastri yodgorligi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Mahatma Gandi markaziga tashrif buyurishi kutilmoqda.Modi O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng 31-avgust-1 sentabr kunlari Bishkekda bo‘lib, ShHTning 26-sammitida ishtirok etadi. Sammit doirasida uning qator ikki tomonlama uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260804/india-investitsiya-loyihalar-59473362.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28279778_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_8c037d106cab4881849eba5c05c7d97f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tashrif, shavkat mirziyoyev, siyosat, hindiston, o‘zbekiston, narendra modi
tashrif, shavkat mirziyoyev, siyosat, hindiston, o‘zbekiston, narendra modi
Hindiston bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
16:33 27.08.2026 (yangilandi: 16:41 27.08.2026) Modi Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazib, savdo, investitsiyalar, muhim minerallar, texnologiya va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni muhokama qiladi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29–30 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Toshkentda Modi va Mirziyoyev delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazadi.
Tomonlar savdo va investitsiyalar, mudofaa, raqamli aloqa, energetika, ta’lim hamda xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilib, hamkorlikning kelgusi kun tartibini belgilaydi.
Shuningdek, “Rivojlangan Hindiston — 2047” (“Viksit Bharat 2047”) va “O‘zbekiston — 2030” strategiyalarini amalga oshirish doirasida hamkorlik qilish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
Hindiston bosh vaziri Toshkentdagi Lal Bahodir Shastri yodgorligi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Mahatma Gandi markaziga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Bu Narendra Modining O‘zbekistonga to‘rtinchi tashrifi bo‘ladi. U mamlakatga 2015 va 2016-yillarda, shuningdek, 2022-yilda Samarqandda o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti munosabati bilan kelgan.
Modi O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng 31-avgust-1 sentabr kunlari Bishkekda bo‘lib, ShHTning 26-sammitida ishtirok etadi. Sammit doirasida uning qator ikki tomonlama uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.