https://oz.sputniknews.uz/20260804/india-investitsiya-loyihalar-59473362.html
Saidov Hindiston rahbariyati bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
Saidov Hindiston rahbariyati bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Dehlida Subramanyam Jayshankar va prezident Draupadi Murmu bilan uchrashib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.
2026-08-04T09:18+0500
2026-08-04T09:18+0500
2026-08-04T09:21+0500
tashrif
baxtiyor saidov
o‘zbekiston tiv
investitsiya
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59472920_0:360:2359:1687_1920x0_80_0_0_4f412f22b1a4b1bb2cd194bca582be95.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Dehlida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu TIV matbuot xizmati xabar berdi.Tomonlar strategik sheriklikni rivojlantirish, davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi. Erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.Tashrif doirasida O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi ham o‘tkazildi. Unda energetika, infratuzilma, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, oziq-ovqat sanoati, transport-logistika, sog‘liqni saqlash hamda qishloq xo‘jaligidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.Forumda Nayara Energy, NTPC, Olectra Greentech, Panacea Biotec, Multani Pharmaceuticals va Zipaworld Innovation kabi yirik hind kompaniyalari vakillari qatnashdi. Shuningdek, Baxtiyor Saidov Hindiston prezidenti Draupadi Murmu bilan uchrashdi. Murmu ikki mamlakatni chuqur tarixiy va madaniy rishtalar bog‘lab turishini ta’kidlab, konchilik, jumladan nodir yer metallari, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va axborot texnologiyalarida hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260803/uzbekistan-india-savdo-59468282.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59472920_0:263:2359:2032_1920x0_80_0_0_41a6d1886d84b4c30be64ad38b8d86e9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tashrif, baxtiyor saidov, o‘zbekiston tiv, investitsiya, savdo
tashrif, baxtiyor saidov, o‘zbekiston tiv, investitsiya, savdo
Saidov Hindiston rahbariyati bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
09:18 04.08.2026 (yangilandi: 09:21 04.08.2026) Baxtiyor Saidov Nyu-Dehlida Hindiston rahbariyati bilan savdo, investitsiya va transport hamkorligini batafsil muhokama qildi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Dehlida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu TIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Tomonlar strategik sheriklikni rivojlantirish, davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.
Delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.
Erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi ham o‘tkazildi. Unda energetika, infratuzilma, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, oziq-ovqat sanoati, transport-logistika, sog‘liqni saqlash hamda qishloq xo‘jaligidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Forumda Nayara Energy, NTPC, Olectra Greentech, Panacea Biotec, Multani Pharmaceuticals va Zipaworld Innovation kabi yirik hind kompaniyalari vakillari qatnashdi.
Asosiy e’tibor yangi investitsiya loyihalarini ilgari surish va ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirishga qaratildi.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov Hindiston prezidenti Draupadi Murmu bilan uchrashdi. Murmu ikki mamlakatni chuqur tarixiy va madaniy rishtalar bog‘lab turishini ta’kidlab, konchilik, jumladan nodir yer metallari, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va axborot texnologiyalarida hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.