Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Unherd: Rossiya qo‘shinlari butun Donbassni ozod qilishga yaqinlashmoqda

© RIA NovostiRossiyskiy voyennoslujashiy v zone spetsoperatsii.
Rossiyskiy voyennoslujashiy v zone spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ukrainaliklar nafaqat jang maydonida, balki front orti va hatto xorijda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari butun Donbass hududini ozod qilishga yaqinlashmoqda, deb yozadi “Unherd”
Maqolada ta’kidlanishicha, Rossiya iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqining aksariyat mamlakatlariga qaraganda yaxshi ahvolda.
“Ammo bundan ham muhimi, Rossiya armiyasi jang maydonida oldinga siljishda davom etmoqda”, - deyiladi xabarda.
Nashrning ta’kidlashicha, Rossiya butun Donbassni ozod qilishga “doimiy va to‘xtovsiz ravishda” yaqinlashmoqda.
Maqola mualliflari ukrainaliklar fron orti va chet ellarda ham jiddiy muammolarga duch kelayotganiga e’tibor qaratishgan. Xususan, zo‘raki safarbarlik muammolari va Yevropa Ittifoqining harbiy yoshdagi ukrainalik erkaklarni vaqtinchalik himoya sxemasidan chiqarib tashlash taklifi eslatib o‘tilgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov DXRning butun hududi ozod bo‘lishiga ishontirgan edi.
Rossiyskie voyska osvobodili gorod Konstantinovku v Doneskoy Narodnoy Respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Konstantinovkani to‘liq ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0