Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda dronlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yagona yondashuvlar ishlab chiqiladi

© Press-slujba YeIKKrugliy stol, posvashenniy razvitiyu grajdanskix bespilotnix aviatsionnix sistem v YeAES
Krugliy stol, posvashenniy razvitiyu grajdanskix bespilotnix aviatsionnix sistem v YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2026
Obuna bo‘lish
YeIK maydonida YeOII hududida fuqarolik dronlaridan murakkab sharoitlarda foydalanishni tartibga solish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. YeOII hududida fuqarolik dronlaridan murakkab va nostandart sharoitlarda xavfsiz foydalanish bo‘yicha yagona yondashuvlar ishlab chiqiladi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
YeIK maydonida fuqarolik uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ikki kunlik xalqaro davra suhbati yakunlandi. Unda davlat organlari, aviatsiya ma’muriyatlari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirok etdi.
Muhokamalarning asosiy mavzusi dronlarni kritik omillar ta’sirida qo‘llash bo‘ldi. Xususan, ekstremal iqlim, murakkab geografik sharoitlar, mojarolar va radioelektron bostirish zonalari, cheklangan aloqa infratuzilmasi hamda texnogen xalaqitlar alohida ko‘rib chiqildi.
YeIK Transport va infratuzilma departamenti direktori Rustam Jenalinovning ta’kidlashicha, YeOIIda dronlardan foydalangan holda umumiy va xavfsiz xizmatlar bozorini shakllantirish uchun ekspluatatsiyaning barcha murakkab sharoitlarini hisobga olish zarur.
Ishtirokchilar IKAO standartlarini YeOII aviatsiya bozori ehtiyojlariga moslashtirish yo‘nalishlarini belgiladi. Shuningdek, fors-major holatlarida dronlarning transchegaraviy parvozlari bo‘yicha davlat idoralari o‘rtasida tezkor hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish taklif etildi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda ichki suv transporti mutaxassislariga qo‘yiladigan talablar belgilandi
Yangiliklar lentasi
0