Qozog‘istonda aholi daromadini oshirish rejasi: oyliklar yiliga 10 foizga o‘sishi mumkin

© Sputnik / Pavel Mixeyev / Mediabankka o‘tishTenge - natsionalnaya valyuta Kazaxstana
Tenge - natsionalnaya valyuta Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2026
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston 2026–2029 yillarda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha kompleks rejani tasdiqladi. Hujjatda maoshlarni oshirish va past daromadli xodimlarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilangan
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Qozog‘iston hukumati aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha 2026–2029 yillarga mo‘ljallangan kompleks rejani tasdiqladi. Bu haqda mamlakat Milliy iqtisodiyot vazirligi xabar berdi.
Hujjatda oddiy ishchilar — kassirlar, yuk tashuvchilar, sotuvchilar va past maosh oladigan boshqa xodimlar daromadini oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Rejada 59 ta chora belgilangan. Ular maoshlarni oshirish, inflyatsiyani jilovlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining kredit yukini kamaytirish, soliq va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘z ichiga oladi.
Qozog‘iston hukumati eng avvalo past va o‘rta maosh oladigan fuqarolarning daromadini oshirishga urg‘u bermoqda. Masalan, yirik savdo tarmoqlari va korxonalar bilan xodimlar maoshini bosqichma-bosqich ko‘tarish bo‘yicha kelishuvlar tuzilishi mumkin.
Qozog‘istonda bu masala oddiy aholi uchun og‘riqli mavzulardan biriga aylangan. Chunki rasmiy o‘rtacha maosh yuqori ko‘rinsa-da, ko‘pchilik ishchilar bunday daromadni qo‘liga olmaydi.
O‘rtacha maoshni yuqori daromadli xodimlar “tortib” ketadi, oddiy ishchilarning real maoshi esa inflyatsiya, oziq-ovqat narxi va kredit to‘lovlari fonida yetarli bo‘lmay qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirda ko‘plab oilalar oylik daromadining katta qismini yegulikka sarflaydi. 2029-yilga borib bu ulushni 40 foizgacha tushirish rejalashtirilmoqda.
Mamlakat milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarinning aytishicha, ish haqi o‘sishi ishlab chiqarish samaradorligi va barqaror ish o‘rinlari bilan birga borishi kerak. Aks holda maosh oshsa ham, narxlar yana ko‘tarilib, odamlar buni hayotida sezmasligi mumkin.
Hukumat har yili 240 mingtagacha sifatli ish o‘rni yaratishni ham rejalashtirgan. Bundan tashqari, minimal ish haqini qayta ko‘rib chiqish, budjet xodimlari maoshini indeksatsiya qilish va aholini yangi kasblarga o‘qitish choralari ham nazarda tutilgan.
Rosstandart vvel novie pravila proverki schetchikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Qozog‘istonda elektr energiyasi uchun cheklangan tariflar yetti yilga “muzlatilishi” mumkin
Yangiliklar lentasi
0