Ko‘chmas mulk narxini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Baxrom XatamovStroitelstvo jilogo kompleksa
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2026
Obuna bo‘lish
Obyektlarning qiymati qiyosiy, xarajat yoki daromad yondashuvlari orqali hisoblanadi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Bu hujjat ko‘chmas mulk obektlarining bozor narxiga yaqin qiymatini aniqlashning yagona tartibini belgilaydi.
Unga ko‘ra, ko‘chmas mulk obektlari ko‘p kvartirali uylardagi turar joylar, yakka tartibdagi turar joylar va noturar obyektlar guruhlariga ajratiladi.
Baholashda ko‘chmas mulk bozori ma’lumotlari, bitimlar, e’lonlar va boshqa narxga ta’sir qiluvchi omillar hisobga olinadi.
Hududlar bozor narxlaridan kelib chiqib narx zonalariga ajratiladi hamda namunaviy obyektlar (etalonlar) asosida qiymat aniqlanadi. Obyektlarning qiymati qiyosiy, xarajat yoki daromad yondashuvlari orqali hisoblanadi.
Qiymatni aniqlashda qurilgan yili, qurilish materiali, maydoni, qavati, joylashuvi va ta’mirlanganlik holati kabi omillar inobatga olinadi.
Ommaviy baholash natijalari Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti va axborot tizimlarida e’lon qilinadi. Mulkdorlar kadastr raqami orqali o‘z obektining qiymati bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Baholash natijalari 90 kun davomida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi hamda mulkdorlar taklif va e’tirozlarini bildirishi mumkin. Natijalardan norozi bo‘lgan shaxslar vakolatli organ yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat ko‘chmas mulk obektlarining qiymatini bozor tamoyillari asosida adolatli va shaffof aniqlashga xizmat qiladi.
Yakkatut — tixiy ray u beregov Charvaka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
Yangiliklar lentasi
0