TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Bir nechta mamlakat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi maqomini olish uchun ariza bergan. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Aleksandr Pankin ma’lum qildi.Pankinning qo‘shimcha qilishicha, Nikaragua bunday ariza bergan mamlakatlar qatorida.
Nikaragua bunday ariza bergan mamlakatlar qatorida.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Bir nechta mamlakat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi maqomini olish uchun ariza bergan. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Aleksandr Pankin ma’lum qildi.
“Kuzatuvchi maqomi uchun bir nechta mamlakatlardan ariza bor, ular YeOII tartib-tamoyillariga muvofiq ko‘rib chiqilmoqda. Ma’lumki, har besh tomonning roziligi talab etiladi”, - dedi u “Izvestiya”ga bergan intervyusida.
Pankinning qo‘shimcha qilishicha, Nikaragua bunday ariza bergan mamlakatlar qatorida.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.