Mirziyoyev Trampni yubileyi bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Belom dome sostoyalis peregovori Shavkata Mirziyoyeva s Donaldom Trampom
V Belom dome sostoyalis peregovori Shavkata Mirziyoyeva s Donaldom Trampom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2026
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev amerikalik hamkasbini O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
“Sizni boy tajribaga ega, o‘z xalqining hurmat va ehtiromiga sazovor bo‘lgan atoqli davlat arbobi sifatida yaxshi bilamiz. Sizning qat’iy siyosiy yetakchiligingiz va mustahkam irodangiz tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlarining xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va qudrati tobora mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlashni istar edim”, deyiladi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov e’lon qilgan maktubda.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi sur’atiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan aloqalar so‘nggi yillarda izchil rivojlanib, sifat va mazmun jihatidan yanada boyib borayotgani qayd etildi.
Davlat rahbari ochiq va konstruktiv hamkorlikka intilayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston AQSh bilan ko‘p qirrali va strategik sheriklikka asoslangan aloqalarni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga alohida ahamiyat qaratilayotgani qayd etildi.
Prezident Trampning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi.
Turli xalqaro va mintaqaviy platformalar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik bundan keyin ham rivojlanib, yangi amaliy natijalar bilan boyib borishiga ishonch bildirildi.
Strategik sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida Mirziyoyev amerikalik hamkasbini O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Yakunda O‘zbekiston yetakchisi Donald Trampga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Amerika xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladi.
Donalld Tramp bugun 80 yoshini qarshi olmoqda va Amerikaning eng yoshi ulug‘ prezidenti sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0