Qanday choralar YeOIIda inflyatsiyani jilovlashga yordam beradi – ekspert fikri
Qanday choralar YeOIIda inflyatsiyani jilovlashga yordam beradi – ekspert fikri
Sputnik O‘zbekiston
Iste’mol kreditlarini rag‘batlantirishdan ko‘ra ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozli kreditlarga ustuvor ahamiyat berish kerak. 14.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida inflyatsiyani birinchi navbatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali jilovlash kerak. Bu haqda Qirg‘iziston sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi prezidenti Danil Ibrayev ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik Qirg‘iziston.Ibrayevning ta’kidlashicha, iste’mol kreditlarini rag‘batlantirishdan ko‘ra ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozli kreditlarga ustuvor ahamiyat berish kerak. Bu qishloq xo‘jaligi ham, sanoat korxonalariga ham tegishliU YeOII mamlakatlari bugungi kunda iste’mol savatiga kiritilgan tovarlarning katta qismini ishlab chiqarayotganini va Qirg‘iziston har yili o‘z ishlab chiqarish hajmini oshirayotganini ta’kidladi.Shu bilan birga, ekspertning fikriga ko‘ra, nafaqat import o‘rnini bosishga, balki ittifoq mamlakatlari raqobatdosh ustunliklarga ega bo‘lgan sohalarni rivojlantirishga ham e’tibor qaratish lozim.Ibrayevning fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurash ishlab chiqarilayotgan tovarlar assortimentini kengaytirish va raqobat muhitini rivojlantirishga asoslangan bo‘lishi kerak.Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining roli haqida gapirayotib, u ittifoq mamlakatlari o‘rtasida kooperatsiya loyihalarini izchil rivojlantirayotganini, shuningdek, elektr energiyasi va neft mahsulotlarining umumiy bozorlarini shakllantirish ustida ish olib borayotganini, bu ham ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Iste’mol kreditlarini rag‘batlantirishdan ko‘ra ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozli kreditlarga ustuvor ahamiyat berish kerak.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida inflyatsiyani birinchi navbatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali jilovlash kerak. Bu haqda Qirg‘iziston sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi prezidenti Danil Ibrayev ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
Ibrayevning ta’kidlashicha, iste’mol kreditlarini rag‘batlantirishdan ko‘ra ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozli kreditlarga ustuvor ahamiyat berish kerak. Bu qishloq xo‘jaligi ham, sanoat korxonalariga ham tegishli
U YeOII mamlakatlari bugungi kunda iste’mol savatiga kiritilgan tovarlarning katta qismini ishlab chiqarayotganini va Qirg‘iziston har yili o‘z ishlab chiqarish hajmini oshirayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, ekspertning fikriga ko‘ra, nafaqat import o‘rnini bosishga, balki ittifoq mamlakatlari raqobatdosh ustunliklarga ega bo‘lgan sohalarni rivojlantirishga ham e’tibor qaratish lozim.
Ibrayevning fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurash ishlab chiqarilayotgan tovarlar assortimentini kengaytirish va raqobat muhitini rivojlantirishga asoslangan bo‘lishi kerak.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining roli haqida gapirayotib, u ittifoq mamlakatlari o‘rtasida kooperatsiya loyihalarini izchil rivojlantirayotganini, shuningdek, elektr energiyasi va neft mahsulotlarining umumiy bozorlarini shakllantirish ustida ish olib borayotganini, bu ham ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.