https://oz.sputniknews.uz/20260609/ozbekiston-rossiya-58222818.html
O‘zbekiston va Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror yetkazib berishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror yetkazib berishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
2025 yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining ikki tomonlama savdosi hajmi 2,3 milliard dollarga yetdi. 09.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-09T13:02+0500
2026-06-09T13:02+0500
2026-06-09T13:02+0500
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston
oziq-ovqat
jamshid xodjayev
peterburg xalqaro iqtisodiy forumi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/10/47583297_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_2c02bb25e627cc510b6c0b515dce52ff.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ma’lum qildi.Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Xodjayev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Patrushev bilan uchrashdi. Uchrashuvda Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut va investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Xurram Teshaboyev ham ishtirok etdi.Tomonlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq amaliy masalalarni muhokama qildi.Bosh vazir o‘rinbosari Rossiya O‘zbekistonning ushbu sohalardagi asosiy hamkorlaridan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. 2025-yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining ikki tomonlama savdosi hajmi 2,3 milliard dollarga yetdi, joriy yilning yanvar-mart oylarida esa 500 million dollardan oshdi.Muzokaralarda mahsulotlarni barqaror yetkazib berish, savdo, veterinariya va fitosanitariya hamkorligini kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xomashyo importi uchun barqaror sharoitlarni saqlashga alohida e’tibor qaratildi.Rossiya hukumatining xabariga ko‘ra, Dmitriy Patrushev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida turli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260605/eoii-58117955.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/10/47583297_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_a19a526c83952a373889115f3a2e295c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, rossiya, o‘zbekiston, oziq-ovqat, jamshid xodjayev, peterburg xalqaro iqtisodiy forumi
iqtisod, rossiya, o‘zbekiston, oziq-ovqat, jamshid xodjayev, peterburg xalqaro iqtisodiy forumi
O‘zbekiston va Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror yetkazib berishni muhokama qildi
2025 yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining ikki tomonlama savdosi hajmi 2,3 milliard dollarga yetdi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ma’lum qildi.
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Xodjayev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Patrushev bilan uchrashdi. Uchrashuvda Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut va investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Xurram Teshaboyev ham ishtirok etdi.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq amaliy masalalarni muhokama qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Rossiya O‘zbekistonning ushbu sohalardagi asosiy hamkorlaridan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. 2025-yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining ikki tomonlama savdosi hajmi 2,3 milliard dollarga yetdi, joriy yilning yanvar-mart oylarida esa 500 million dollardan oshdi.
Muzokaralarda mahsulotlarni barqaror yetkazib berish, savdo, veterinariya va fitosanitariya hamkorligini kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xomashyo importi uchun barqaror sharoitlarni saqlashga alohida e’tibor qaratildi.
“Biz uchun qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik har ikki mamlakat uchun uzoq muddatli oldindan ma’lum, o‘zaro manfaat va amaliy biznes yechimlari asosida rivojlanishda davom etishi muhim”, — deya yozdi Xodjayev “LinkedIn”dagi sahifasida.
Rossiya hukumatining
xabariga ko‘ra, Dmitriy Patrushev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida turli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi.