Prezident va respublika rahbariyati Ibrohim G‘afurov vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v Belom dome ostavil zapis v Knige pochetnix gostey
Prezident Shavkat Mirziyoyev v Belom dome ostavil zapis v Knige pochetnix gostey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2026
Obuna bo‘lish
Atoqli adabiyotshunos, adib va tarjimon Ibrohim G‘afurov milliy adabiyot, tarjima va jurnalistika rivojiga ulkan hissa qo‘shgan edi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev va respublika rahbariyati O‘zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos olim, adib va tarjimon Ibrohim G‘afurov vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, yaqinlari va shogirdlariga ta’ziya bildirdi.
Ibrohim G‘afurov 2026-yil 6-iyun kuni 89 yoshida vafot etdi.
U 1937-yil 27-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti — hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini filolog, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Ijodiy va mehnat faoliyatini 1961-yilda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida muharrir sifatida boshlagan. Keyinchalik G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ibrohim G‘afurov “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” gazetasi bosh muharriri sifatida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, “Milliy tiklanish” partiyasi Markaziy kengashi raisi, Oliy Majlis deputati, Matbuot va axborot qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
U Abdulla Qodiriy, Oybek, Usmon Nosir, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi adib va shoirlar ijodiga bag‘ishlangan ko‘plab maqola, kitob va risolalar muallifi hisoblanadi.
Ibrohim G‘afurov jahon adabiyotining o‘nlab namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Xususan, Fodor Dostoyevskiy, Gi de Mopassan, Ernest Xeminguey, Gabriel Garsia Markes, Jeyms Joys va Chingiz Aytmatov asarlari uning tarjimalari orqali o‘zbek kitobxoniga yetib borgan.
Ibrohim G‘afurov “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” faxriy unvoni, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.
Rukovodstvo Uzbekistana virazilo soboleznovaniya v svazi s konchinoy Rima Giniyatullina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Prezident va O‘zbekiston rahbariyati Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Yangiliklar lentasi
0