https://oz.sputniknews.uz/20260420/uzbekistan-rahbariya-giniyatullin-vafot-hamdardlik-57011333.html
Prezident va O‘zbekiston rahbariyati Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Prezident va O‘zbekiston rahbariyati Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rahbariyati 83 yoshida vafot etgan davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Rim Abdulovich Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. U suv xo‘jaligi va Orol muammosini yumshatish yo‘lida samarali mehnat qilgan.
2026-04-20T16:45+0500
2026-04-20T16:45+0500
2026-04-20T21:29+0500
vafot etdi
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/14/57011045_0:0:3378:1900_1920x0_80_0_0_e94d6aa07c949643a2d5b9c646ce5aee.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston rahbariyati davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Rim Abdulovich Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Ganiyatullin 19-aprel kuni 83 yoshida vafot etgan.Hamdardlik matni Shavkat Mirziyoyev, Tanzila Norboyeva, Nuriddin Ismoilov, Abdulla Aripov va Sodiq Turdiyev nomidan e’lon qilingan.Rim Giniyatullin 1943-yil 18-sentabrda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. U 1963-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutini tamomlagan, mehnat faoliyatini O‘zbekiston qurilish vazirligida boshlagan.Giniyatullin, shuningdek, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida ishlab, dengizning qurishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etgan.Qayd etilishicha, u umrining so‘nggi yillarida ham Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlarida, ko‘pmillatli jamiyatda tinchlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, keksalarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni tarbiyalash ishlarida faol qatnashgan.Rim Giniyatullinning xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari, shuningdek “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260211/kallibek-kamalov-vafot-hamdardlik-55631604.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/14/57011045_648:32:2812:1655_1920x0_80_0_0_ea2f38789522ad206d484561fed90424.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, rim giniyatullin, hamdardlik, vafot, davlat arbobi, mehnat faxriysi, suv xo‘jaligi, orolni qutqarish, prezident sayti
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, rim giniyatullin, hamdardlik, vafot, davlat arbobi, mehnat faxriysi, suv xo‘jaligi, orolni qutqarish, prezident sayti
Prezident va O‘zbekiston rahbariyati Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
16:45 20.04.2026 (yangilandi: 21:29 20.04.2026) Prezident Shavkat Mirziyoyev va mamlakat rahbariyati 83 yoshida vafot etgan davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Rim Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston rahbariyati davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Rim Abdulovich Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Ganiyatullin 19-aprel kuni 83 yoshida vafot etgan.
Hamdardlik matni Shavkat Mirziyoyev, Tanzila Norboyeva, Nuriddin Ismoilov, Abdulla Aripov va Sodiq Turdiyev nomidan
e’lon qilingan.
Rim Giniyatullin 1943-yil 18-sentabrda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. U 1963-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutini tamomlagan, mehnat faoliyatini O‘zbekiston qurilish vazirligida boshlagan.
Faoliyati davomida u suv xo‘jaligi tizimida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan, 1989–1996 yillarda melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri, 1996–1997 yillarda esa O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.
Giniyatullin, shuningdek, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida ishlab, dengizning qurishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, u umrining so‘nggi yillarida ham Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlarida, ko‘pmillatli jamiyatda tinchlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, keksalarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni tarbiyalash ishlarida faol qatnashgan.
Rim Giniyatullinning xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari, shuningdek “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan.