O‘zbekiston Rossiyaga qo‘shma Raqamli ekotizimni shakllantirishni taklif qiladi – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Obuna bo‘lish
Bu biznes uchun yangi bozorlar, fuqarolar uchun esa daromad topishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaga hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida qo‘shma Raqamli ekotizimni shakllantirishga kirishishni taklif etdi. Taklifni mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida bildirdi. ma’lum qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ilk bosqichda u raqamli savdo va shahar servislarini tartibga solish qoidalarini yaqinlashtirish, O‘zbekiston va Rossiya brendlarini hamkorlikdagi platformalarda ilgari surish, bandlik bo‘yicha yagona raqamli profilni yaratish, sun’iy intellekt asosida mahsulotlarni rivojlantirishni o‘zida qamrab olishi mumkin. Bu biznes uchun yangi bozorlar, fuqarolar uchun esa daromad topishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
“Ayni paytda raqamlashtirishni keng qo‘llashga intilar ekanmiz, har qanday o‘zgarishlar negizida doimo inson turishini yodda tutish muhimdir. Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning eng yosh mamlakatlaridan biri bo‘lib, aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etadi. Bu shunchaki oddiy statistika emas. Bu – rivojlanish uchun quvvat, energiya manbai. Bu – yangi talab. Bu – bizning kelajagimiz”, - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston yetakchisi vazifa faqat yoshlarga zamonaviy bilim berishdan iborat emasligi, yoshlar ilg‘or kompetensiyalarni o‘zlashtirishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun imkon beradigan sharoitlarni yaratish muhimligini qayd etdi. Bu o‘rinda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik alohida o‘rin tutadi.
3-6 iyun kunlari “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning yalpi majlisida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda va nutq so‘zlamoqda.
PXIF-2026 da dunyoning 130 ta mamlakatidan 20 mingdan ziyod ishtirok qatnashmoqda. Bu yil forumning mehmon mamlakati Saudiya Arabistoni bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
O‘zbekiston atomdan tinch maqsadlarda foydalanishda Rossiya bilan hamkorlik qiladi
Yangiliklar lentasi
0