O‘zbekiston atomdan tinch maqsadlarda foydalanishda Rossiya bilan hamkorlik qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Obuna bo‘lish
Mamlakat 2030-yilgacha generatsiyani 120 milliard kilovatt-soatgacha ko‘paytirishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston atomdan tinch maqsadlarda foydalanishda Rossiya bilan hamkorlik qilish niyatida. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Atomdan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha boshqa sohalar – tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va ilm-fanda ham hamkorlikda ish olib borish niyatidamiz” – dedi davlat rahbari.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, investitsiya loyihalari, jumladan, Rossiya ishtirokidagi loyihalar hisobidan mamlakat elektr energiyasi ishlab chiqarishni bir yarim barobar – 58 milliard kilovatt-soatdan 87 milliard kilovatt-soatga oshirdi.
“2030 yilgacha generatsiyani 120 milliard kilovatt-soatgacha ko‘paytirishni rejalashtirmoqdamiz. Uning 54 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalari tashkil etadi. Bizning energetika sohasidagi quvvatlarimiz, shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida birinchi gibrid atom elektr stansiyasining ishga tushirilishi hisobidan ham ortadi”, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Mirziyoyev kuni kecha AES qurilishining birinchi poydevorini qo‘yish marosimi bo‘lganini eslatdi.
“Biz uchun bu uzoq muddatli rivojlanish, yangi muhandislik maktabini tayyorlash va ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan loyihadir”, - dedi prezident.
3-6 iyun kunlari “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning yalpi majlisida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda va nutq so‘zlamoqda.
PXIF-2026 da dunyoning 130 ta mamlakatidan 20 mingdan ziyod ishtirok qatnashmoqda. Bu yil forumning mehmon mamlakati Saudiya Arabistoni bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin dali start nachalu stroitelstva AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Jizzaxdagi AES qurilishini boshlab berdi
Yangiliklar lentasi
0