Mirziyoyev Rossiyaga Inson kapitalining qo‘shma platformasini yaratishni taklif qildi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishPMEF-2026. Plenarnoe zasedanie
PMEF-2026. Plenarnoe zasedanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya uchun esa eng oliy qadriyat bo‘lgan insonlarga uzoq muddatli sarmoyadir.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Inson kapitalini rivojlantirish qo‘shma onlayn-platformasini yaratishni taklif etdi.
“Uning vazifasi – ta’lim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o‘zaro bog‘lashdan iborat. Ushbu tizimda ta’lim dasturlari, til o‘rgatish va axborot texnologiyalari kurslari, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ish beruvchilar bilan bog‘lanish imkoniyatlari birlashtirilishi mumkin”, - dedi davlat rahbari Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida nutq so‘zlayotib
Mirziyovning fikricha, yoshlar uchun bu yangi iqtisodiyot sari aniq-ravshan yo‘nalish bo‘ladi. Biznes uchun tayyor kadrlar bazasidan foydalanish imkoniyatidir. Universitetlar va kollejlar uchun bozorning real talabi bilan aloqa vositasidir. O‘zbekiston va Rossiya uchun esa eng oliy qadriyat bo‘lgan insonlarga uzoq muddatli sarmoyadir
O‘zbekistonda xorijiy oliygohlarning 32 ta, jumladan, Rossiya oliy ta’lim muassasalarining 15 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Bu Rossiyaning xorijdagi eng yirik universitetlar tarmog‘i hisoblanadi.
Shu bilan birga, kasbiy ta’lim, ayniqsa, amaliyotga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash dasturlarini joriy etish muhim ahamiyatga ega.
Onlayn ta’lim servislari mazkur sohadagi samarali hamkorlik mexanizmi bo‘lishi mumkin. Bunday servislarning ishga tushirilishi yoshlarga hatto eng chekka hududlarda ham zarur bilimlarni olish imkonini beradi. Bu mehnat mobilligi modelini tubdan o‘zgartiradi va uni tashkil etishni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadi.
3-6 iyun kunlari “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning yalpi majlisida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda va nutq so‘zlamoqda.
PXIF-2026 da dunyoning 130 ta mamlakatidan 20 mingdan ziyod ishtirok qatnashmoqda. Bu yil forumning mehmon mamlakati Saudiya Arabistoni bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
O‘zbekiston Rossiyaga qo‘shma Raqamli ekotizimni shakllantirishni taklif qiladi – Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0