Xodjayev va Beglov Toshkentda “Sankt-Peterburg” markazi qurilishini muhokama qildi

© Komitet po vneshnim svazam Sankt-PeterburgaDjamshid Xodjayev vstretilsya s gubernatorom Sankt-Peterburga Aleksandrom Beglovim
Djamshid Xodjayev vstretilsya s gubernatorom Sankt-Peterburga Aleksandrom Beglovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik, qo‘shma loyihalar va Yangi Toshkentda “Sankt-Peterburg” kvartalini barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Sankt-Peterburg tashqi aloqalar qo‘mitasi xabar berdi.
Tomonlar qo‘shma loyihalar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg va O‘zbekiston o‘rtasida ishchi guruh tuzilgan. U tovar ayirboshlash hajmini oshirish, yetkazib berish turlarini kengaytirish va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
“Sankt-Peterburg hukumati 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha izchil ish olib bormoqda. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash ustuvor vazifamizdir”, — dedi Beglov.
Uchrashuvda Toshkentda “Sankt-Peterburg” ishbilarmonlik markazini qurish va Yangi Toshkentda “Sankt-Peterburg” kvartalini barpo etish loyihalari ham muhokama qilindi.
Peregovori delegatsii Uzbekistana vo glave s Jamshidom Xodjayevim i delegatsii Sankt-Peterburga pod rukovodstvom Aleksandra Beglova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
Toshkentda Xodjayev va Beglov strategik sheriklikni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0