https://oz.sputniknews.uz/20250910/xodjaev-beglov-sheriklik-muhokama-51864478.html
Toshkentda Xodjayev va Beglov strategik sheriklikni muhokama qildi
Toshkentda Xodjayev va Beglov strategik sheriklikni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Sankt-Peterburg strategik hamkorlikni kuchaytiradi: maqsad — 1 milliard dollarlik savdo
2025-09-10T09:12+0500
2025-09-10T09:12+0500
2025-09-10T10:04+0500
o‘zbekiston
sankt-peterburg
savdo
hudud
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
transport
ta’lim
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0a/51864616_0:65:1254:770_1920x0_80_0_0_a771e53c2668c5e48bc83d1f5e0683f4.jpg
TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Toshkent shahrida O‘zbekiston hududlari va Sankt-Peterburg delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyalarga O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov rahbarlik qildi. Tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlashga va mintaqalararo aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuv davomida muzokaralar yakunlari bo‘yicha bayonnoma va amaliy tadbirlar rejasi imzolandi. Mazkur hujjatlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ta’lim, fan, madaniyat, turizm va sport sohalarida hamkorlikni nazarda tutadi. Alohida e’tibor qurilish, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, mashinasozlik, metallurgiya, agro-sanoat majmuasi, xomashyo qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalariga qaratildi. ta’kidlanishicha, erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qilib, O‘zbekiston hududlari va Sankt-Peterburgning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi.Shuningdek, tomonlar 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Shu bilan birga, u "Peterburg va O‘zbekiston oldida savdo aylanmasini 2030-yilga borib bir milliard dollarga yetkazish vazifasi turganini" qo‘shimcha qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250909/saint-petersburg-delegatsiya-tashkent-tashrif-51831376.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0a/51864616_71:0:1184:835_1920x0_80_0_0_9f30174ca8fe49879a6d0772c9575a0a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston sankt-peterburg savdo, o‘zbekiston rossiya iqtisodiy hamkorlik, aleksandr beglov toshkent muzokaralari, o‘zbekiston peterburg strategik sheriklik, savdo aylanmasi 1 milliard dollar, o‘zbekiston rossiya investitsiya loyihalari, o‘zbekiston peterburg savdo va hamkorlik, beglov jamshid xodjayev
o‘zbekiston sankt-peterburg savdo, o‘zbekiston rossiya iqtisodiy hamkorlik, aleksandr beglov toshkent muzokaralari, o‘zbekiston peterburg strategik sheriklik, savdo aylanmasi 1 milliard dollar, o‘zbekiston rossiya investitsiya loyihalari, o‘zbekiston peterburg savdo va hamkorlik, beglov jamshid xodjayev
Toshkentda Xodjayev va Beglov strategik sheriklikni muhokama qildi
09:12 10.09.2025 (yangilandi: 10:04 10.09.2025) Uchrashuvda savdo, sanoat, transport, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlikka oid bayonnoma va amaliy tadbirlar rejasi imzolandi. Shuningdek, 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan protokol tasdiqlandi
TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Toshkent shahrida O‘zbekiston hududlari va Sankt-Peterburg delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar
bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov rahbarlik qildi.
Tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlashga va mintaqalararo aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv davomida muzokaralar yakunlari bo‘yicha bayonnoma va amaliy tadbirlar rejasi imzolandi. Mazkur hujjatlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ta’lim, fan, madaniyat, turizm va sport sohalarida hamkorlikni nazarda tutadi.
Alohida e’tibor qurilish, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, mashinasozlik, metallurgiya, agro-sanoat majmuasi, xomashyo qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalariga qaratildi.
ta’kidlanishicha, erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qilib, O‘zbekiston hududlari va Sankt-Peterburgning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Shuningdek, tomonlar 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risidagi
protokolni imzoladi.
"Biz imzolagan amaliy tadbirlar rejasi muloqotimizga yangi mintaqaviy ishtirokchilarni jalb qilishga yordam beradi. Yangi aloqalar o‘rnatiladi, qo‘shma ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Samarali muloqotingiz va O‘zbekiston hukumati tomonidan Sankt-Peterburg bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor uchun sizga minnatdorchilik bildiraman", - dedi Aleksandr Beglov.
Shu bilan birga, u "Peterburg va O‘zbekiston oldida savdo aylanmasini 2030-yilga borib bir milliard dollarga yetkazish vazifasi turganini" qo‘shimcha qildi.