O‘zbekistonda AES energoblokini qurishga litsenziya berildi

© Sputnik / Baxrom XatamovMaket budushey atomnoy elektrostansii (AES)
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Obuna bo‘lish
Gap RITM-200N yadroviy qurilmali energoblok haqida bormoqda. Loyiha hujjatlari va xavfsizlik asoslari xalqaro tavsiyalar asosida ko‘rib chiqilgan.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda RITM-200N yadroviy qurilmali AES energoblokini barpo etish bo‘yicha litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mita AES qurilishi bilan bog‘liq jarayonlarda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Ma’lum qilinishicha, taqdim etilgan loyiha hujjatlari Qo‘mita huzuridagi Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tomonidan kompleks o‘rganilgan.

Avvalroq, 23-mart kuni, AES qurilishi uchun ajratilgan yadroviy qurilmalarni joylashtirish maydonchasidan foydalanishga ruxsatnoma berilgan edi.

Navbatdagi bosqichda RITM-200N yadroviy qurilmali energobloklarni barpo etishga oid hujjatlar, loyiha yechimlari va xavfsizlikni asoslash materiallari ko‘rib chiqildi.
Qo‘mitaga ko‘ra, hujjatlar amaldagi qonunchilik, xorijiy tajriba hamda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik tavsiyalari asosida o‘rganilgan.
Ko‘rib chiqish jarayoniga xorijiy ekspertlar va xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ham jalb etilgan. Xususan, Rossiyaning radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi yetakchi mutaxassislari ishtirok etgan.
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
Deputatlar va senatorlar Jizzaxdagi AES qurilishi bilan shaxsan tanishishadi
Yangiliklar lentasi
0