Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

BMT Ukraina zarbasidan Starobelsk kollejida 21 kishi halok bo‘lgani haqida bayonot berdi

© Sputnik/ RIA NovostiZdanie OON
Zdanie OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Obuna bo‘lish
BMT Inson huquqlari boshqarmasi zarba vaqtida ta’lim muassasasi faoliyat yuritganini hamda u yerda tinch aholi va talabalar jabrlanganini tasdiqladi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Ukraina Qurolli kuchlarining LXRdagi Starobelsk pedagogika kollejiga bergan zarbasi oqibatida tinch aholi, jumladan, talabalar halok bo‘lgani va jarohatlanganini tasdiqladi.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 21–22 may kunlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan yirik hujum vaqtida Starobelsk shahrida sodir bo‘lgan. Rossiya rasmiylari 21 kishi halok bo‘lgani va 44 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.
BMT ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarni sinchkovlik bilan tahlil qildi. Ularda hujum vaqtida ta’lim muassasalari faoliyat yuritgani, u yerda tinch aholi va ko‘plab talabalar bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Boshqarma tahliliga ko‘ra, zarba oqibatida tinch aholi vakillari, jumladan talabalar halok bo‘lgan yoki jarohat olgan. Halok bo‘lganlar orasida 18 nafar ayol borligi ham qayd etilgan.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turk Rossiya va Ukraina rasmiylarini bunday holatlar yuzasidan tezkor, mustaqil va samarali tergov o‘tkazishga, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Inostrannie jurnalisti posetili Starobelsk i Lugansk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Halok bo‘lgan qizlar nikoh libosida dafn etiladi — ombudsman Starobelsk fojiasi haqida
Yangiliklar lentasi
0