Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligi bo‘yicha forum o‘tmoqda

© SputnikV Tashkente nachalos vtoroe zasedanie Termezskogo dialoga
V Tashkente nachalos vtoroe zasedanie Termezskogo dialoga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Obuna bo‘lish
Forumda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Yaqin Sharq davlatlaridan 150 nafardan ortiq vakil ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Forumda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Yaqin Sharq davlatlari hamda Amerikadan 150 nafardan ortiq siyosatchi, tadbirkor va ekspert ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘oniston bilan hamkorlik, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish va barqaror taraqqiyot masalalarini muhokama qiladi.
MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning ta’kidlashicha, global bosim kuchayib borayotgan sharoitda davlatlarning barqarorligi ko‘p jihatdan ochiq muloqot va integratsiyaga tayyorligiga bog‘liq.
“Buyuk global bosim sharoitida aynan davlatlarning ochiq muhokama va yaqin integratsiyaga tayyorligi bizga barqarorlikni saqlab qolish imkonini beradi”, — dedi Lebedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MDH mamlakatlari tajribasi muvaffaqiyatli iqtisodiy ko‘rsatkichlar ortida ishonch va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan siyosiy tanlov turishini ko‘rsatadi.
Lebedev 35-yil davomida MDH siyosiy va iqtisodiy hamkorlikning muhim maydoniga aylanganini ta’kidladi. Uning ma’lum qilishicha, 2025-yilda Hamdo‘stlik mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti 2,1 foizga o‘sgan, ijobiy dinamika 2026-yilda ham saqlanishi kutilmoqda.
Rabochiy vizit premyer-ministra Mixaila Mishustina v Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
MDH xalqaro maydonda maqomini mustahkamlamoqda – Mishustin
Yangiliklar lentasi
0