Namanganda tergovchi va advokat 40 ming dollar pora ishida ushlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovV naruchnikax
V naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Obuna bo‘lish
Chust tumanida tergovchi jinoyat ishini tugatib berish evaziga gumonlanuvchining otasidan advokat orqali 40 ming dollar talab qilgan.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Namangan viloyatida tergovchi va advokat 40 ming dollar pora bilan bog‘liq ishda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati IIB Tergov boshqarmasi tergovchisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishini gumonlanuvchi foydasiga hal qilib, tugatib yuborish evaziga ishga aloqador bo‘lmagan advokat orqali 40 ming dollar talab qilgan.
Jinoyat ishi Chust tumanida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan bo‘lgan.
DXX xodimlari tomonidan Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlar hay’ati advokati gumonlanuvchining otasidan 40 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilgan. Tergovchi advokatdan 30 ming dollar olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.
Holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi — pora olish, advokatga nisbatan esa 212-moddasi — pora olish-berishda vositachilik qilish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Angrenda IIB tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi
Yangiliklar lentasi
0