https://oz.sputniknews.uz/20260604/fitch-uzbekistan-58068358.html
"Fitch" O‘zbekiston reytingi prognozini yaxshiladi — tashqi qarz arzonlashishi mumkin
"Fitch" O‘zbekiston reytingi prognozini yaxshiladi — tashqi qarz arzonlashishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Fitch O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “BB” darajasida tasdiqlab, prognozni “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi. Bu mamlakatning investitsiyaviy reytingga yaqinlashishi uchun muhim signal hisoblanadi.
2026-06-04T10:41+0500
2026-06-04T10:41+0500
2026-06-04T10:42+0500
iqtisod
yaim
savdo
tashqi qarz
investitsiya
investor
reyting
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/102/09/1020993_63:0:3137:1729_1920x0_80_0_0_cf735333f6ac476f4c57a7c3c9fba130.jpg
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. "Fitch Ratings" xalqaro agentligi O‘zbekistonning uzoq muddatli suveren kredit reytingini “BB” darajasida tasdiqlab, prognozni “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi. Bu haqda agentlik 3-iyun kuni e’lon qilgan hisobotida ma’lum qildi.Bu reytingning o‘zi oshganini anglatmaydi. Ya’ni O‘zbekiston hozircha avvalgidek “BB” darajasida qolmoqda. Ammo prognozning “ijobiy”ga o‘zgarishi "Fitch" keyingi baholashlarda mamlakat reytingini yana bir pog‘ona — “BB+”ga ko‘tarishi mumkinligini bildiradi.Bu O‘zbekistonga nima beradi? Birinchidan, xalqaro investorlar uchun mamlakatning moliyaviy ishonchliligi haqida ijobiy signal shakllanadi. Ikkinchidan, kelajakda davlat, banklar va yirik kompaniyalar tashqi bozordan qarz jalb qilganda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, “BB” hali investitsiyaviy daraja emas. O‘zbekiston investitsiyaviy reytingga chiqishi uchun kamida ikki pog‘ona yuqorilashi kerak: avval “BB+”, keyin “BBB-”."Fitch" shkalasida O‘zbekiston hozir Gruziya kabi “BB” darajasidagi mamlakatlar qatorida turibdi. Bir pog‘ona yuqori — “BB+” darajasida Marokash, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Paragvay va Vyetnam kabi mamlakatlar bor. Shu bilan birga, agentlik bir qator xavflarni ham qayd etgan. Jumladan, pul o‘tkazmalari qisqarishi, xomashyo narxlarining pasayishi, tashqi savdo taqchilligining kengayishi, budjet intizomi zaiflashishi yoki islohotlar sur’ati pasayishi mamlakat kredit reytingiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260518/uzbekistan-kompaniyalar-ulushlar-investorlar-taklif-57652694.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/102/09/1020993_447:0:2752:1729_1920x0_80_0_0_a5fd449b202523baccd09f333c3287e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yaim, savdo, tashqi qarz, investitsiya, investor, reyting, o‘zbekiston
iqtisod, yaim, savdo, tashqi qarz, investitsiya, investor, reyting, o‘zbekiston
"Fitch" O‘zbekiston reytingi prognozini yaxshiladi — tashqi qarz arzonlashishi mumkin
10:41 04.06.2026 (yangilandi: 10:42 04.06.2026) Reyting o‘zgarmadi, ammo “ijobiy” prognoz O‘zbekiston uchun qarz jalb qilish sharoitlari yaxshilanishi va investorlar ishonchi oshishiga signal beradi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. "Fitch Ratings" xalqaro agentligi O‘zbekistonning uzoq muddatli suveren kredit reytingini “BB” darajasida tasdiqlab, prognozni “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi. Bu haqda agentlik 3-iyun kuni e’lon qilgan hisobotida
ma’lum qildi.
Bu reytingning o‘zi oshganini anglatmaydi. Ya’ni O‘zbekiston hozircha avvalgidek “BB” darajasida qolmoqda. Ammo prognozning “ijobiy”ga o‘zgarishi "Fitch" keyingi baholashlarda mamlakat reytingini yana bir pog‘ona — “BB+”ga ko‘tarishi mumkinligini bildiradi.
Agentlik qaroriga O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar davom etayotgani, makroiqtisodiy barqarorlik kuchaygani, xususiylashtirish jarayonlari, energetika subsidiyalarini qisqartirish va inflyatsiyani nishonlash rejimiga o‘tish kabi omillar ta’sir qilgan.
Bu O‘zbekistonga nima beradi? Birinchidan, xalqaro investorlar uchun mamlakatning moliyaviy ishonchliligi haqida ijobiy signal shakllanadi. Ikkinchidan, kelajakda davlat, banklar va yirik kompaniyalar tashqi bozordan qarz jalb qilganda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, “BB” hali investitsiyaviy daraja emas. O‘zbekiston investitsiyaviy reytingga chiqishi uchun kamida ikki pog‘ona yuqorilashi kerak: avval “BB+”, keyin “BBB-”.
"Fitch" shkalasida O‘zbekiston hozir Gruziya kabi “BB” darajasidagi mamlakatlar qatorida turibdi.
Bir pog‘ona yuqori — “BB+” darajasida Marokash, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Paragvay va Vyetnam kabi mamlakatlar bor.
"Fitch" bahosiga ko‘ra, O‘zbekiston reytingi oshishi uchun islohotlar izchil davom etishi, davlat qarzi nazoratda saqlanishi, makroiqtisodiy barqarorlik mustahkamlanishi va boshqaruv sifati yaxshilanishi muhim.
Shu bilan birga, agentlik bir qator xavflarni ham qayd etgan. Jumladan, pul o‘tkazmalari qisqarishi, xomashyo narxlarining pasayishi, tashqi savdo taqchilligining kengayishi, budjet intizomi zaiflashishi yoki islohotlar sur’ati pasayishi mamlakat kredit reytingiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.