O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalaridagi ulushlar investorlarga taklif etilmoqda

© NAPPGosudarstvennie aktivi Uzbekistana otkriti dlya investorov cherez Londonskuyu birju
Gosudarstvennie aktivi Uzbekistana otkriti dlya investorov cherez Londonskuyu birju - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Obuna bo‘lish
UzNIF fondi orqali energetika, aviatsiya, telekommunikatsiya, bank va transport sohalaridagi yirik davlat aktivlariga xalqaro investorlar kirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston ilk bor strategik davlat aktivlarini London fond birjasi orqali global investorlarga ochdi. Milliy investitsiya jamg‘armasi — UzNIF aksiyalari va global depozitar tilxatlari London hamda Toshkent birjalarida joylashtirildi.
Oddiy qilib aytganda, UzNIF O‘zbekistonning eng muhim davlat kompaniyalaridagi ulushlarni birlashtirgan fond hisoblanadi.
Jamg‘arma ma’lumotiga ko‘ra, UzNIF 13 ta davlat kompaniyasida 25 foizdan 40 foizgacha ulushlarga ega. Portfel qiymati taxminan 2,44 mlrd dollarga baholangan.
UzNIF IPOsi yakunlari 13-may kuni e’lon qilingan edi: fond joylashtiruv orqali 603,6 mln dollar jalb qildi, uning bozor bahosi esa 1,95 mlrd dollar atrofida shakllandi.

BlackRock, Franklin Resources, Redwheel va Allan & Gill Gray Foundation tuzilmalari asosiy yirik investorlar qatorida ishtirok etdi.

18 maydan esa UzNIF global depozitar tilxatlarining London fond birjasida to‘liq savdosi va aksiyalarining Toshkent birjasidagi ikkilamchi savdosi boshlanishi kutilmoqda.
London fond birjasi guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, UzNIF joylashtiruvi 2026-yil boshidan buyon Londondagi eng yirik IPO bo‘ldi.
Ekspertlar bu jarayonni O‘zbekiston kapital bozori uchun yangi bosqich deb baholamoqda. Chunki bunday format mamlakat kompaniyalariga nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro investorlar oldida ham o‘zini ko‘rsatish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: UzNIF portfeliga O‘zbekistonning eng yirik va tanish davlat aktivlaridagi ulushlar kiritilgan. Ular orasida "Uzbekistan Airways", "O‘zbektelekom", "Hududgazta’minot", "Hududiy elektr tarmoqlari", "O‘zbekiston MET" va "O‘zsanoatqurilishbank" kabi kompaniyalar bor. Fond ushbu kompaniyalarning o‘zini emas, balki ulardagi davlat ulushlarini birlashtirgan investitsiya instrumenti hisoblanadi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Mestorojdenie zolota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2026
OAV: Navoiy KMK aksiyalarini London va Toshkent birjalariga chiqarishga tayyorgarlik to‘xtatildi
Yangiliklar lentasi
0