MDH va YeOII biznes uchun to‘siqlarni kamaytirishga harakat qilmoqda
MDH va YeOII biznes uchun to‘siqlarni kamaytirishga harakat qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
MDH bosh kotibi savdo, bojxona va moliyaviy to‘siqlarni kamaytirish uchun texnologik taraqqiyotdan foydalanish muhimligini ta’kidladi. 04.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘rtasidagi tizimli hamkorlik “aqlli integratsiya” namunasiga aylanmoqda. Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Lebedevning ta’kidlashicha, MDH va YeOII o‘rtasidagi tizimli hamkorlik 13-yildan buyon davom etmoqda.MDH bosh kotibi tomonlar ilg‘or tajribalar almashinuvini rivojlantirib, biznes uchun to‘siqlarni bartaraf etishga harakat qilayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, to‘siqsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining qabul qilinishi muhim qadam bo‘ldi.Lebedev 2025-yilda “MDH+” formati ishga tushirilgani, Shanxay hamkorlik tashkiloti esa MDHda kuzatuvchi maqomini olganini ham esga oldi.Uning qo‘shimcha qilishicha, integratsiya tashabbuslarini birlashtirish, sanoat kooperatsiyasi, raqamlashtirish va transport bog‘liqligini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
MDH bosh kotibi savdo, bojxona va moliyaviy to‘siqlarni kamaytirish uchun texnologik taraqqiyotdan foydalanish muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘rtasidagi tizimli hamkorlik “aqlli integratsiya” namunasiga aylanmoqda. Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Lebedevning ta’kidlashicha, MDH va YeOII o‘rtasidagi tizimli hamkorlik 13-yildan buyon davom etmoqda.
MDH bosh kotibi tomonlar ilg‘or tajribalar almashinuvini rivojlantirib, biznes uchun to‘siqlarni bartaraf etishga harakat qilayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, to‘siqsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining qabul qilinishi muhim qadam bo‘ldi.
Lebedev 2025-yilda “MDH+” formati ishga tushirilgani, Shanxay hamkorlik tashkiloti esa MDHda kuzatuvchi maqomini olganini ham esga oldi.
“Savdo, bojxona va moliyaviy to‘siqlarni bartaraf etish uchun texnologik taraqqiyotdan foydalanish umumiy manfaatlarimizga mos keladi”, — dedi Lebedev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, integratsiya tashabbuslarini birlashtirish, sanoat kooperatsiyasi, raqamlashtirish va transport bog‘liqligini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.