Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII samarali integratsiya birlashmasi - Putin

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishZasedanie Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v Astane
Zasedanie Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v Astane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIda tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat uchun umumiy bozorlar yaratilgan hamda savdo va moliya sohalarida ko‘p qirrali hamkorlik kengaymoqda - Putin.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ostonada bo‘lib o‘tayotgan sammitda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini (YeOII) samarali integratsiya birlashmasi deb atadi.

"Roppa-rosa 12-yil oldin, shu kuni, 2014-yil 29-mayda, Ostonada YeOIIni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasi imzolangan edi. Mamlakatlarimizning ushbu hujjatni amalga oshirish bo‘yicha izchil va puxta qo‘shma ishi chinakam samarali integratsiya birlashmasini yaratishga imkon berdi", - dedi Putin uchrashuv davomida.

Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda YeOII muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, YeOII asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ijobiy tendensiyalarni ko‘rsatmoqda.

"Beshta mamlakatimizning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari barqaror va ijobiy tendensiyalarni ko‘rsatmoqda. YeOIIda umumiy sanoat ishlab chiqarish 1,6 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 4,6 foizga va qurilish 4,2 foizga oshdi", - dedi Putin Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida.

Shuningdek, Rossiya prezidenti YeOIIda tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat uchun umumiy bozorlarni yaratilgan hamda savdo, moliya va boshqa sohalarda ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotganini ta’kidladi .

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin YeOIIning import o‘rnini bosishni rag‘batlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini ta’kidladi.
"Sanoat hamkorligining kengayishi tufayli mamlakatlarimiz samarali qiymat zanjirlarini yaratdilar, import o‘rnini bosish jarayonlarini rivojlantirmoqdalar va raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etmoqdalar", - dedi Putin Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0