https://oz.sputniknews.uz/20260602/yoshlar-imtiyoz-kredit-58031089.html
Yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi
Yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi
Sputnik O‘zbekiston
“Yoshlar biznesi” dasturi doirasida Aloqabank 31 yoshga to‘lmaganlarga 7-yilgacha kredit ajratadi. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha 20 mln, 50 mln va 100 mln so‘mgacha mablag‘ olish mumkin bo‘ladi.
2026-06-02T14:04+0500
2026-06-02T14:04+0500
2026-06-02T14:04+0500
tadbirkor
o‘zbekiston
kredit
imtiyoz
yoshlar
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/10/50582095_0:268:3072:1996_1920x0_80_0_0_eb816d4511460e7108603a9240ea3f56.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 31 yoshga to‘lmagan yoshlarga tadbirkorlik, kasb-hunar, frilans va o‘zini o‘zi band qilish loyihalari uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu prezidentning yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan qarorida nazarda tutilgan.Qarorga ko‘ra, AT “Aloqabank” tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 31 yoshga to‘lmaganlarga 7-yilgacha kredit ajratiladi. Kredit bo‘yicha asosiy qarzdan 1-yilgacha, foiz to‘lovlaridan esa 3 oygacha imtiyozli davr beriladi.Sug‘urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarzlar quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:● xorijiy til, raqamli texnologiyalar va zamonaviy kasb-hunarni o‘rganish uchun — 20 mln so‘mgacha;● ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, onlayn do‘konlar va o‘zini o‘zi band qilish loyihalari uchun — 50 mln so‘mgacha;● kasanachilik, to‘qimachilik mahsulotlari, tikuvchilik va qayta ishlash loyihalari uchun — 50 mln so‘mgacha;● novvoychilik, shirinliklar tayyorlash va sotish loyihalari uchun — 100 mln so‘mgacha.
https://oz.sputniknews.uz/20260526/tadbirkorlar-kredit-imkoniyatlar-kengayish-takliflar-57860429.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/10/50582095_188:0:2919:2048_1920x0_80_0_0_f3c2d7f23535055ce44b153006d80025.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tadbirkor, o‘zbekiston, kredit, imtiyoz, yoshlar, iqtisod
tadbirkor, o‘zbekiston, kredit, imtiyoz, yoshlar, iqtisod
Yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi
31 yoshga to‘lmagan yoshlarga o‘qish, frilans, onlayn do‘kon, kasanachilik, novvoychilik va boshqa loyihalar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 31 yoshga to‘lmagan yoshlarga tadbirkorlik, kasb-hunar, frilans va o‘zini o‘zi band qilish loyihalari uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu prezidentning yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan qarorida
nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, AT “Aloqabank” tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 31 yoshga to‘lmaganlarga 7-yilgacha kredit ajratiladi. Kredit bo‘yicha asosiy qarzdan 1-yilgacha, foiz to‘lovlaridan esa 3 oygacha imtiyozli davr beriladi.
Kredit stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori etib belgilanadi.
Sug‘urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarzlar quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:
● xorijiy til, raqamli texnologiyalar va zamonaviy kasb-hunarni o‘rganish uchun — 20 mln so‘mgacha;
● ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, onlayn do‘konlar va o‘zini o‘zi band qilish loyihalari uchun — 50 mln so‘mgacha;
● kasanachilik, to‘qimachilik mahsulotlari, tikuvchilik va qayta ishlash loyihalari uchun — 50 mln so‘mgacha;
● novvoychilik, shirinliklar tayyorlash va sotish loyihalari uchun — 100 mln so‘mgacha.