O‘zbekistonda maishiy kimyo bo‘yicha 100 ta yangi brend mahsulot chiqariladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident poruchil podgotovit programmu po sozdaniyu 100 brendovix produktov v bitovoy ximii
Prezident poruchil podgotovit programmu po sozdaniyu 100 brendovix produktov v bitovoy ximii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Obuna bo‘lish
Kimyo sanoati bo‘yicha 17 milliard dollarlik 350 tadan ziyod loyihani ishga tushirish dasturi tayyorlanadi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy kimyo sohasida 100 ta brend mahsulot yaratish bo‘yicha dastur tayyorlashni topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mintaqada maishiy kimyo mahsulotlari bo‘yicha 2 milliard dollarlik bozor mavjud.
Maishiy kimyo sohasidagi loyihalarni ko‘paytirish uchun Toshkentdagi sanoat zonalaridan biridagi maydonlar maishiy kimyo loyihalariga ajratiladi.
Ishga tushirilgan korxonalarni brendi bilan birga tayyor daromadli biznes sifatida xususiy sektorga sotish sharti bilan loyihalarga 50 million dollar ajratilishi rejalashtirilgan.
Boshqa viloyatlardagi shunday loyihalar uchun Sanoat kooperatsiyasi jamg‘armasidan 15 million dollar yo‘naltiriladi.
Prezident mutasaddilarga maishiy kimoda yana kamida 100 ta brend mahsulot ishlab chiqarish dasturini tayyorlashni topshirdi.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 60 gektar maydonda kimyo sanoati uchun innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasteri tashkil etiladi. Klasterda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Kimyo texnologiyalari innovatsiya markazi barpo etiladi.
Suvda eriydigan o‘g‘it, polimerlar, maishiy va noorganik kimyo bo‘yicha loyihalar hisobiga nanokimyo, “yashil” kimyo, super-molekulyar kimyo va sun’iy intellekt asosida kimoviy modellashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlarga talab ortishi ta’kidlandi.
Shu maqsadda kimyo sohasida kadr tayyorlaydigan 35 ta oliygohning professor-o‘qituvchilari va kafedra mudirlari loyihalarga biriktiriladi. Yangi o‘quv yilidan ushbu ehtiyojlardan kelib chiqib kadr tayyorlash boshlanadi.
Umuman, kimyo sanoati bo‘yicha 17 milliard dollarlik 350 tadan ziyod loyihani ishga tushirish dasturini tayyorlash topshirildi. Bu vazifalarni bajarish uchun “O‘zkimosanoat”ni transformatsiya qilish zarurligi qayd etildi.
Kak zeleniy vektor industrializatsii vliyayet na promishlennoe razvitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
INNOPROM. Markaziy Osiyo – 2026
O‘zbekistonda “yashil” kimyo sanoatining istiqbollari qanday?
Yangiliklar lentasi
0