Innoprom - 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920
INNOPROM. Markaziy Osiyo – 2026
INNOPROM — sanoat va texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma bo‘lib, unda kompaniyalar loyihalarini namoyish etadi va yangi hamkorliklar o‘rnatadi. 2026-yilda unda 35 davlatdan, jumladan, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, BAA, Ozarbayjondan delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonda “yashil” kimyo sanoatining istiqbollari qanday?

© Sputnik / Ilsiya GilmanshinaKak "zeleniy" vektor industrializatsii vliyayet na promishlennoe razvitie
Kak zeleniy vektor industrializatsii vliyayet na promishlennoe razvitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “yashil” kimyo sanoatining rivojlanishi mamlakatning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam bermoqda
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida mutaxassislar “yashil” kimyo sanoatining kelajagini muhokama qilindi. Bu haqda SputnikO‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda jahon savdosining 70 % gachasi uglerodnitartibga solishga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston uchun “yashil” yo‘nalish, avvalo, eksport bozorlariga chiqish imkoniyatidir.
Sessiya mavzularidan biri agrosektor bo‘ldi. Mutaxassislar 45 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 10 % sug‘orilishi, ularning ham yarmi ikkilamchi sho‘rlanishdan aziyat chekayotganini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston tuprog‘ida qoratuproqqa xos bo‘lgan chirindi (gumus) yetishmaydi.
“FosAgro” mutaxassislari quyidagi amaliyotni taklif qilmoqda: 100% suvda eriydigan o‘g‘itlar va aminokislotali biostimulyatorlarga o‘tish. Bu hosildorlikni 12–40 sentnerga oshiradi, xarajatlarni qoplash samaradorligi 1 ga 10 nisbatni tashkil etadi, tuproq biotsenozi esa namlik va chirindi tanqisligi sharoitida ham saqlanib qoladi.
© Sputnik / Ilsiya GilmanshinaKak "zeleniy" vektor industrializatsii vliyayet na promishlennoe razvitie
Kak zeleniy vektor industrializatsii vliyayet na promishlennoe razvitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
Kak "zeleniy" vektor industrializatsii vliyayet na promishlennoe razvitie
Kimogar kasbining mohiyati ham o‘zgarmoqda. D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU rektori Sergey Filatov yaqinlashib kelayotgan kelajak manzarasini taqdim etdi:
“Yaqin orada kimogar-texnolog tutun chiqarayotgan mo‘ri yonidagi odam emas, balki qo‘lidagi probirkasida bakteriyalar biodizel ishlab chiqarayotgan olim bo‘ladi”, — dedi Sergey Filatov.
Ekologik standartlar kundalik hayotga ham kirib keladi. “Rosstandart” Standartlashtirish boshqarmasi Sanoat tarmoqlarida standartlashtirish bo‘limi boshlig‘i Vacheslav Tutayev ko‘p qavatli uylarni “yashil” sertifikatlashtirish tizimini taqdim etdi. Rossiya va EOII mamlakatlari, shuningdek, O‘zbekistonda ham “yashil” ko‘p qavatli uylar uchun davlatlararo GOST qabul qilingan bo‘lib, hozirda uni amaliyotga joriy etish bosqichi ketmoqda.
Mazkur hujjat turarjoy binolarini baholash mezonlari tizimini, jumladan, energiya samaradorligi va materiallarning ekologik tozaligidan tortib, transport qulayligi, shovqin darajasi hamda shahar muhiti sifatigacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni shakllantiradi. Ta’kidlanishicha, eng pastki asosiy daraja “bronza” sinfiga to‘g‘ri keladi, obyektlarni baholash esa bir nechta guruhga ajratilgan ko‘rsatkichlardan iborat shaffof tizim asosida amalga oshiriladi.
Spikerlar O‘zbekiston kimyo sanoatini kam uglerodli modelga o‘tkazish bo‘yicha amaliy qadamlarga alohida e’tibor qaratdi. Asosiy loyihalar qatorida Navoiy viloyatida yirik kimyo korxonasining ehtiyojlarini to‘liq ta’minlaydigan va ishlab chiqarishning uglerod izini kamaytirishga imkon beradigan 300 MVt quvvatli elektr stansiyasini ishga tushirish hamda Toshkent viloyatida ekologik toza o‘g‘it turlarini ishlab chiqarishga asos bo‘ladigan, yiliga 3000 tonna “yashil” vodorod ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bor.
Texnogen chiqindilarni qayta ishlashga ham jiddiy urg‘u berilmoqda: to‘plangan 75 million tonna fosfogipsdan sulfat kislotasi va sement sanoati uchun xomashyo olish rejalashtirilgan. Bu bir vaqtning o‘zida ham ekologik muammoni hal qiladi, ham bozor tanqisligining bir qismini qoplaydi.
Shuningdek, sohada xalqaro hamkorlar bilan birgalikda issiqxona gazlari chiqindilarini yuz minglab tonna CO₂ ekvivalentiga qisqartirishga va 2028-yilgacha sanoatning uglerod izini yanada kamaytirish uchun asos yaratishga imkon beradigan dekarbonizatsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Sessiya davomida O‘zbekiston kimyo sanoatining “yashil” transformatsiyasi bosqichma-bosqich alohida loyihalar doirasidan chiqib, sanoat, agrar soha, energetika va standartlashtirish o‘zaro chambarchas bog‘langan yaxlit tizimga aylanib borayotgani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, Sputnik O‘zbekiston “Innoprom” ko‘rgazmasining rasmiy axborot hamkori hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0