https://oz.sputniknews.uz/20260601/oquvchi-musiqa-sanat-jalb-qilinish-58012635.html
1,5 mln o‘quvchi musiqa va san’atga jalb qilinadi
1,5 mln o‘quvchi musiqa va san’atga jalb qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Maktablarda musiqa, tasviriy san’at va texnologiya darslari “art” dasturi asosida takomillashtiriladi. 1,5 mln o‘quvchini musiqa va san’atga jalb qilish rejalashtirilgan.
2026-06-01T17:15+0500
2026-06-01T17:15+0500
2026-06-01T17:19+0500
madaniyat
san’at
maktab
ta’lim
kino
madaniyat vazirligi
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/03/21/032115_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_09c5541a6e211f0c38340398b4fce7d1.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Yangi o‘quv yilidan har bir viloyatdagi 10 tadan umumta’lim maktabida tajriba tariqasida “art” yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvda tegishli topshiriqlar berdi.Musiqa, tasviriy san’at va texnologiya darslari ushbu dastur asosida takomillashtiriladi. Dastur bolalarda kreativ fikrlash, jamoada ishlash, estetik did va innovatsion tafakkurni shakllantirishga qaratilgan.Yangi o‘quv yilidan 326 ta musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilarining oyligi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari bilan tenglashtiriladi. Shuningdek, o‘quvchilarining cholg‘u ijrosi natijasiga qarab, ularga 20 foizgacha ustama to‘lanadi.Kelasi o‘quv yilida kamida 1,5 million o‘quvchini musiqa va san’atga jalb qilish rejalashtirilgan. Buning uchun musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslashgan maktablar umumta’lim maktablari bilan hamkorlik qiladi.Har bir umumta’lim maktabida musiqa va san’at yo‘nalishida kamida 4 tadan to‘garak tashkil etiladi. Milliy cholg‘u sotib olgan to‘garaklarning 30 foiz xarajati qoplab beriladi.Maktablar o‘rtasida teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishlarida tanlovlar o‘tkaziladi. Sahna dekoratsiyalari, liboslar va musiqa asboblari uchun 500 million so‘mdan grant beriladi. Shuningdek, yangi o‘quv yilidan “Inklyuziv ijodiy ustaxonalar” tashkil etiladi, inklyuziv ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 30 milliard so‘m ajratiladi.Madaniyat va san’at oliygohlarida dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi. Talabalarga taniqli ijodkorlar biriktiriladi, ta’lim dasturlariga “Art-menejment”, “Kreativ industriya” va “Loyihalarni tijoratlashtirish” kabi mavzular kiritiladi.Talabalarning startap loyihalari uchun 10 ta oliygohga 50 milliard so‘m ajratiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251019/musiqa-jismoniy-tarbiya-oqituvchilar-sertifikat-52820861.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/03/21/032115_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_b323f9687970f91785df573711616bee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, san’at, maktab, ta’lim, kino, madaniyat vazirligi, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
madaniyat, san’at, maktab, ta’lim, kino, madaniyat vazirligi, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
1,5 mln o‘quvchi musiqa va san’atga jalb qilinadi
17:15 01.06.2026 (yangilandi: 17:19 01.06.2026) Maktablarda musiqa, tasviriy san’at va texnologiya darslari “art” dasturi asosida takomillashtiriladi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Yangi o‘quv yilidan har bir viloyatdagi 10 tadan umumta’lim maktabida tajriba tariqasida “art” yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvda tegishli
topshiriqlar berdi.
Musiqa, tasviriy san’at va texnologiya darslari ushbu dastur asosida takomillashtiriladi. Dastur bolalarda kreativ fikrlash, jamoada ishlash, estetik did va innovatsion tafakkurni shakllantirishga qaratilgan.
Dastur orqali o‘quvchilar bosqichma-bosqich ijodga jalb etiladi: boshlang‘ich sinflarda rasm, musiqa va o‘yinlar, yuqori sinflarda esa dizayn, grafika, sun’iy intellekt va kreativ loyihalar bilan ishlash o‘rgatiladi.
Yangi o‘quv yilidan 326 ta musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilarining oyligi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari bilan tenglashtiriladi. Shuningdek, o‘quvchilarining cholg‘u ijrosi natijasiga qarab, ularga 20 foizgacha ustama to‘lanadi.
Kelasi o‘quv yilida kamida 1,5 million o‘quvchini musiqa va san’atga jalb qilish rejalashtirilgan. Buning uchun musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslashgan maktablar umumta’lim maktablari bilan hamkorlik qiladi.
Har bir umumta’lim maktabida musiqa va san’at yo‘nalishida kamida 4 tadan to‘garak tashkil etiladi. Milliy cholg‘u sotib olgan to‘garaklarning 30 foiz xarajati qoplab beriladi.
Maktablar o‘rtasida teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishlarida tanlovlar o‘tkaziladi. Sahna dekoratsiyalari, liboslar va musiqa asboblari uchun 500 million so‘mdan grant beriladi.
Respublika tanlovi g‘oliblari madaniyat va san’at oliygohlariga qabul qilinadi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilidan “Inklyuziv ijodiy ustaxonalar” tashkil etiladi, inklyuziv ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 30 milliard so‘m ajratiladi.
Madaniyat va san’at oliygohlarida dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi. Talabalarga taniqli ijodkorlar biriktiriladi, ta’lim dasturlariga “Art-menejment”, “Kreativ industriya” va “Loyihalarni tijoratlashtirish” kabi mavzular kiritiladi.
Talabalarning startap loyihalari uchun 10 ta oliygohga 50 milliard so‘m ajratiladi.