https://oz.sputniknews.uz/20251019/musiqa-jismoniy-tarbiya-oqituvchilar-sertifikat-52820861.html
Musiqa va jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi tasdiqlandi
Musiqa va jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi. 19.10.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-10-19T09:58+0500
2025-10-19T09:58+0500
2025-10-19T10:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/11/45698411_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_6a6ac16aecc3e382d471cacdd77f8e67.jpg
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining qarori bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3-yil muddatga elektron shaklda beriladi.Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250804/sherali-joraev-oliy-maktab-51025281.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/11/45698411_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_e6fec847a45aae9aadea12db48ebf261.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston
Musiqa va jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi tasdiqlandi
09:58 19.10.2025 (yangilandi: 10:00 19.10.2025) Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining qarori bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom
tasdiqlandi.
Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.
Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3-yil muddatga elektron shaklda beriladi.
Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.
Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:
70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
65 – 69,9 ballga – A darajali;
60 – 64,9 ballga – B+ darajali;
55 – 59,9 ballga – B darajali;
50 – 54,9 ballga – C+ darajali;
46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi.
B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.