Ijodkorlarga ipoteka dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplanadi

© iStock / Nuthawut SomsukKlyuchi ot kvartiri i kalkulyator
Klyuchi ot kvartiri i kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
Obuna bo‘lish
Har yili 1 ming nafar ijodkorga ipoteka dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi. Ijara va tibbiy sug‘urta bo‘yicha ham yengilliklar belgilandi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at vakillari, muzey xodimlari va rassomlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvda har yili 1 ming nafar soha xodimiga uy-joy olish uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab berilishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, boshqa hududdan kelib ishlayotgan ijodkorlar uchun uy-joy ijarasi xarajatlari qoplanadi:
▪️ Toshkent shahrida — oyiga 2,5 mln so‘mgacha;
▪️ viloyatlarda — oyiga 1,6 mln so‘mgacha.
Har yili faoliyatida yaxshi natijaga erishgan 1 ming nafar soha xodimi davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan bepul davolanadi. Yana 2 ming nafar ijodkorga davlat tomonidan tibbiy sug‘urta paketi taqdim etiladi.
Kamida 10-yil ishlagan xodimlarga sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladi. 15-iyundan xalq artisti, xalq shoiri, xalq yozuvchisi kabi yuksak faxriy unvonga ega ijodkorlar aeroport va vokzallardagi VIP zallardan bepul foydalanadi.
Ashula va raqs ansambllarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1-sentabrdan ulardagi barcha xodimlarning ish haqi 2 barobar oshiriladi.
Raqs ustalari uchun pensiyaga chiqishda talab etiladigan raqs staji 20-yildan 15-yilga qisqartiriladi. Qolgan 5-yilni baletmeyster, repetitor yoki pedagog sifatida davom ettirishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, Yangi Toshkentda qurilishi boshlangan Maqom markazi yonida Raqs saroyini barpo etish taklif qilindi. Kompozitor va bastakorlarga har yili opera, simfoniya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar bo‘yicha kamida 20 ta yangi asar yaratish uchun davlat buyurtmasi beriladi
Nazvani pobediteli Mejdunarodnogo festivalya tansa Lyazgi. (Arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
Xivada III “Lazgi” xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0