https://oz.sputniknews.uz/20260601/ijodkorlar-huquq-himoya-asar-raqam-iz-58008983.html
Ijodkorlar huquqini himoya qilish uchun har bir asarning raqamli izi yaratiladi
Ijodkorlar huquqini himoya qilish uchun har bir asarning raqamli izi yaratiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ijodkorlarning intellektual mulkini himoya qilish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi. Har yili 50 ta asarga ijodiy buyurtma beriladi, 10 ta kitob xorijiy tillarga tarjima qilinadi.
2026-06-01T15:35+0500
2026-06-01T15:35+0500
2026-06-01T17:15+0500
madaniyat
san’at
adabiyot
mualliflik huquqi
kitob
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40583329_0:0:2000:1125_1920x0_80_0_0_f22e2ac37682be46900befc2cffe62ab.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvda har bir asarning raqamli izini yaratish orqali mualliflar huquqini kafolatli himoya qilish mumkinligini ta’kidladi. Uchrashuvda adabiyot, madaniyat va san’at sohasida yaratilgan har bir mahsulot ijodkorning intellektual mulki ekani, ammo uni himoya qilish borasidagi ishlardan ijodkorlar norozi ekani qayd etildi.Mutasaddilarga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda ijodkorlar rozi bo‘ladigan tizim yaratish topshirildi.Adabiyot sohasi uchun ham yangi imkoniyatlar belgilandi:Shuningdek, Milliy kitobxonlik harakati doirasida joylarda kitob do‘konlari, kutubxonalar va buk-kafelar ko‘paytiriladi. Har bir viloyat hokimiga yil yakunigacha chekka va olis hududlardagi 50 tadan 100 tagacha mahallada namunali kutubxona va kitob do‘konlarini tashkil qilish topshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260514/otkan-kunlar-tarjimon-tovon-57569884.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40583329_225:0:2000:1331_1920x0_80_0_0_734a7a96028422ee4cd4bc0245ecfb93.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, san’at, adabiyot, mualliflik huquqi, kitob, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
madaniyat, san’at, adabiyot, mualliflik huquqi, kitob, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
Ijodkorlar huquqini himoya qilish uchun har bir asarning raqamli izi yaratiladi
15:35 01.06.2026 (yangilandi: 17:15 01.06.2026) Prezident har bir asarning raqamli izini yaratib, ijodkorlar huquqini himoya qilish tizimini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvda har bir asarning raqamli izini yaratish orqali mualliflar huquqini kafolatli himoya qilish mumkinligini
ta’kidladi.
Uchrashuvda adabiyot, madaniyat va san’at sohasida yaratilgan har bir mahsulot ijodkorning intellektual mulki ekani, ammo uni himoya qilish borasidagi ishlardan ijodkorlar norozi ekani qayd etildi.
Mutasaddilarga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda ijodkorlar rozi bo‘ladigan tizim yaratish topshirildi.
Adabiyot sohasi uchun ham yangi imkoniyatlar belgilandi:
shoir va yozuvchilarga yiliga kamida 50 ta eng sara asar uchun ijodiy buyurtma beriladi;
har yili o‘zbek adabiyotining 10 ta eng yaxshi asari xorijiy tillarga tarjima qilinadi;
mualliflar ishtirokida chet ellarda taqdimotlar o‘tkaziladi;
Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi bilan chop etiladigan kitoblarning qog‘oz xarajati davlat tomonidan qoplanadi;
she’riyat va san’atni uyg‘unlashtirgan 100 ta eng yaxshi loyiha davlat hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, Milliy kitobxonlik harakati doirasida joylarda kitob do‘konlari, kutubxonalar va buk-kafelar ko‘paytiriladi. Har bir viloyat hokimiga yil yakunigacha chekka va olis hududlardagi 50 tadan 100 tagacha mahallada namunali kutubxona va kitob do‘konlarini tashkil qilish topshirildi.