FIDE shaxmatda yangi mukofot ta’sis etdi — ilk g‘oliblar Samarqandda e’lon qilinadi

© FideFIDE uchredila premiyu za vidayushiyesya dostijeniya v shaxmatax
FIDE uchredila premiyu za vidayushiyesya dostijeniya v shaxmatax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
Obuna bo‘lish
Bu mukofot jahon shaxmat hamjamiyatidagi yirik yutuqlar, loyihalar va tashabbuslarni e’tirof etish uchun ta’sis etilgan.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) FIDE Excellence Awards mukofotini ta’sis etdi. Ilk taqdirlash marosimi 2026-yil sentabrda Samarqandda, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida o‘tkaziladi.
Jahon shaxmat hamjamiyatidagi yirik yutuqlar, loyihalar va tashabbuslarni e’tirof etish uchun ta’sis etilgan ushbu mukofot har ikki yilda — shaxmat olimpiadasi sikli yakunlari bo‘yicha beriladi. Birinchi taqdirlashda 2024–2026 yillar oralig‘idagi yutuq va tashabbuslar baholanadi.
FIDE ma’lumotiga ko‘ra, mukofotlar 6 ta asosiy va 5 ta qo‘shimcha nominatsiya bo‘yicha topshiriladi.
Asosiy nominatsiyalar:
▪️ eng yaxshi shaxmatchi — erkaklar;
▪️ eng yaxshi shaxmatchi — ayollar;
▪️ eng yaxshi Open turniri;
▪️ eng yaxshi Round Robin turniri;
▪️ eng yaxshi federatsiya;
▪️ eng yaxshi shaxmat tashabbusi.
Qo‘shimcha nominatsiyalar orasida eng yaxshi jamoa, yil kashfiyoti, yil qaytishi, imkoniyati cheklangan eng yaxshi shaxmatchi va eng yaxshi kontent yaratuvchi yo‘nalishlari bor.
Nomzodlar 1–30 iyun kunlari onlayn qabul qilinadi. Har bir nominatsiya bo‘yicha 10 nafar nomzoddan iborat qisqa ro‘yxat 15-iyulda e’lon qilinadi. G‘oliblar sentabrda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan marosimda ma’lum qilinadi.
Po itogam 45-y Vsemirnoy shaxmatnoy Olimpiadi mujskaya komanda Uzbekistana zavoyevala bronzovuyu medal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2026
FIDE: O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha eng kuchli 10 ta terma jamoa qatoriga kirdi
Yangiliklar lentasi
0