FIDE: O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha eng kuchli 10 ta terma jamoa qatoriga kirdi

© Ministerstvo sporta UzbekistanaPo itogam 45-y Vsemirnoy shaxmatnoy Olimpiadi mujskaya komanda Uzbekistana zavoyevala bronzovuyu medal
Po itogam 45-y Vsemirnoy shaxmatnoy Olimpiadi mujskaya komanda Uzbekistana zavoyevala bronzovuyu medal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2026
Obuna bo‘lish
FIDEning 2026-yil aprel reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 9-o‘rinni egalladi. Bir yil oldin jamoa 12-pog‘onada bo‘lgan edi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. FIDEning 2026-yil aprel oyi reytingiga ko‘ra, “Top Federations Open” ro‘yxatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9-o‘rinni egalladi. Bu Xalqaro shaxmat federatsiyasi e’lon qilgan rasmiy reytingda qayd etilgan.
Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi: AQSh — 2726, Hindiston — 2697, Xitoy — 2654, Rossiya — 2647, Germaniya — 2635, Ukraina — 2629, Fransiya — 2626, Ozarbayjon — 2622, O‘zbekiston — 2617, Ispaniya — 2613.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2025-yil aprel oyida 2610 ball bilan 12-o‘rinni egallagan edi. Shunday qilib, bir yil ichida erkaklar terma jamoasi 3 pog‘onaga ko‘tarildi va 7 reyting ochkosini qo‘shdi.
FIDEning “Top Federations Women” reytingida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2243 ball bilan 17-o‘rinni egalladi. Kuchli jamoalar ro‘yxatida Xitoy, Hindiston, Ukraina, AQSh, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston, Polsha, Fransiya va Germaniya yuqori o‘rinlarni band etgan.
Na Kipre startuyet turnir pretendentov na mirovuyu shaxmatnuyu koronu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2026
Kiprda jahon chempionligi uchun Da’vogarlar turniri boshlandi — unda Sindarov ham qatnashadi
Yangiliklar lentasi
0