JCh-2026 yo‘llanmasi sharafiga Sibirda o‘zbekistonlik jamoalar turniri o‘tkazildi

© Informatsionnoe agentstvo DunyoUzbekistansi v Sibiri proveli futbolniy turnir v preddverii Chempionata mira FIFA
Uzbekistansi v Sibiri proveli futbolniy turnir v preddverii Chempionata mira FIFA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
Obuna bo‘lish
Novosibirsk, Tomsk va Kemerovodan kelgan vatandoshlar jamoalari O‘zbekiston mustaqilligi va milliy termaning JCh-2026ga chiqishi munosabati bilan bellashdi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiyaning Sibir federal okrugida istiqomat qilayotgan vatandoshlar o‘rtasida ilk bor futbol turniri tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Musobaqa O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi hamda milliy terma jamoaning 2026-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgani munosabati bilan o‘tkazildi.
Turnirda Novosibirsk, Tomsk va Kemerovo viloyatlaridan to‘rtta jamoa ishtirok etdi. Uchrashuvlar do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi.
Novosibirsk viloyatidan mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalari, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi hamda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining mintaqadagi vakolatxonasi xodimlaridan tuzilgan ikkita jamoa qatnashdi.
Finalda Kemerovo viloyatidagi Kuzbass oliy ta’lim muassasalari vakillarini mag‘lub etgan Tomsk milliy tadqiqot davlat universiteti talabalari g‘olib bo‘ldi.
Uchinchi o‘rinni Novosibirsk davlat arxitektura-qurilish universitetining vatandoshlar jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga o‘zbek milliy taomi — palov tortiq qilindi.
 Blagotvoritelnoe meropriyatie Shater Ramadana na territorii Moskovskoy memorialnoy mecheti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2025
“Ramazon chodiri”da O‘zbekiston oqshomi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0