https://oz.sputniknews.uz/20250308/ramazon-chodiri-ozbekiston-oqshomi-48305966.html
“Ramazon chodiri”da O‘zbekiston oqshomi bo‘lib o‘tdi
“Ramazon chodiri”da O‘zbekiston oqshomi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
7 mart kuni Moskvadagi “Ramazon chodiri” yillik xayriya tadbiri doirasida “O‘zbekiston oqshomi” mavzusida bayramona iftorlik tashkil etildi.Unda Rossiya musulmon jamoalari vakillari, siyosiy arboblar va Moskvada yashayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etishdi.
2025-03-08T12:52+0500
2025-03-08T12:52+0500
2025-03-08T13:22+0500
o‘zbekiston - rossiya
moskva
ramazon
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/08/48305060_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_bdae8d66cee330d1392d448d26245cf8.jpg
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. 7-mart kuni Moskvadagi “Ramazon chodiri” yillik xayriya tadbiri doirasida “O‘zbekiston oqshomi” mavzusida bayramona iftorlik tashkil etildi.Unda Rossiya musulmon jamoalari vakillari, siyosiy arboblar va Moskvada yashayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etishdi.“Ramazon chodiri” – Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi va shahar hukumatining madaniy-xayriya loyihasidir.Tadbir doirasida Moskvadagi Xotira masjidi avtoturargohida ulkan chodir qurilib, u yerda Ramazon oyining har oqshomida bayramona iftorlik tashkil etiladi. Iftorlikdan so‘ng turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, qiziqarli muloqotlar bo‘lib o‘tadi.Kecha homiylari orasida musulmon davlatlari elchixonalari, Rossiyaning milliy-madaniy uyushmalari va musulmon tashkilotlari bor.Bu yilgi “Ramazon chodiri” G‘alabaning 80-yilligi sharafiga “Xotira vaqtdan kuchli” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/08/48305060_1:0:1280:959_1920x0_80_0_0_2f1e381f30b66c22446c9c734dc2d01a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“ramazon chodiri” o‘zbekiston oqshomi
“ramazon chodiri” o‘zbekiston oqshomi
“Ramazon chodiri”da O‘zbekiston oqshomi bo‘lib o‘tdi
12:52 08.03.2025 (yangilandi: 13:22 08.03.2025) Oqshom dasturida O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, madaniyati va turistik salohiyati taqdim etildi.
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. 7-mart kuni Moskvadagi “Ramazon chodiri” yillik xayriya tadbiri doirasida “O‘zbekiston oqshomi” mavzusida bayramona iftorlik tashkil etildi.
Unda Rossiya musulmon jamoalari vakillari, siyosiy arboblar va Moskvada yashayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etishdi.
Oqshom dasturida O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, madaniyati va turistik salohiyati taqdim etildi. Shuningdek Respublikaning Ulug‘ Vatan urushiga qo‘shgan hissasi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etildi.
“Ramazon chodiri” – Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi va shahar hukumatining madaniy-xayriya loyihasidir.
Tadbir doirasida Moskvadagi Xotira masjidi avtoturargohida ulkan chodir qurilib, u yerda Ramazon oyining har oqshomida bayramona iftorlik tashkil etiladi. Iftorlikdan so‘ng turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, qiziqarli muloqotlar bo‘lib o‘tadi.
Kecha homiylari orasida musulmon davlatlari elchixonalari, Rossiyaning milliy-madaniy uyushmalari va musulmon tashkilotlari bor.
Bu yilgi “Ramazon chodiri” G‘alabaning 80-yilligi sharafiga “Xotira vaqtdan kuchli” shiori ostida o‘tkazilmoqda.