https://oz.sputniknews.uz/20260525/doktorantlar-stipendiya-ilm-daraja-taklif-57854905.html
Doktorantlar stipendiyasini oshirish va ilmiy daraja berishni raqamlashtirish taklif etildi
Doktorantlar stipendiyasini oshirish va ilmiy daraja berishni raqamlashtirish taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi. Doktorantlar stipendiyasini 1,7 barobar oshirish, dissertatsiya jarayonidagi burokratiyani qisqartirish va amaliy doktoranturani joriy etish taklif qilindi.
2026-05-25T18:13+0500
2026-05-25T18:13+0500
2026-05-25T18:13+0500
ilm-fan
ilmiy unvon
shavkat mirziyoyev
olimlar
ta’lim
raqamli texnologiyalar
attestatsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/19/57854496_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_8569a8a082095cad3f359119c5a57cd5.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda sun’iy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya, oziq-ovqat xavfsizligi, tibbiyot, suv resurslari, yangi materiallar va seysmologiya kabi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish taklif qilindi.Xususan, quyidagi choralar ko‘zda tutilmoqda:Taqdimotda ilmiy daraja berish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu orqali dissertatsiya himoyasidagi amaldagi tartib-taomillarning 50 foizini qisqartirish taklif qilinmoqda.Ilm-fan va iqtisodiyotning real sektori o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish uchun “Loyiha doirasida ilmiy daraja” hamda “Amaliy doktorantura” dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.Bu dasturlar orqali doktorlik tadqiqotlari ishlab chiqarish va iqtisodiyotning amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ilmiy izlanishlar real sektor korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.Shuningdek, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va saralash tizimini takomillashtirish, jarayonga xalqaro ekspertlarni jalb qilish, loyihalarni baholashda raqamli texnologiyalardan foydalanish taklif qilindi.Xorijda faoliyat yuritayotgan vatandosh olimlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Shu maqsadda Ilm-fan maslahat kengashini tashkil etish taklif etildi.Davlat rahbari mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260218/ilm-tadqiqot-uskuna-xarid-tartib-55783827.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/19/57854496_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_cc0888b3477ea29fca1f7231f772a4a0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ilm-fan, ilmiy unvon, shavkat mirziyoyev, olimlar, ta’lim, raqamli texnologiyalar, attestatsiya
ilm-fan, ilmiy unvon, shavkat mirziyoyev, olimlar, ta’lim, raqamli texnologiyalar, attestatsiya
Doktorantlar stipendiyasini oshirish va ilmiy daraja berishni raqamlashtirish taklif etildi
Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Ustuvor yo‘nalishlarda doktorantlar stipendiyasini oshirish taklif etilmoqda.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda sun’iy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya, oziq-ovqat xavfsizligi, tibbiyot, suv resurslari, yangi materiallar va seysmologiya kabi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish taklif qilindi.
Xususan, quyidagi choralar ko‘zda tutilmoqda:
ustuvor yo‘nalishlardagi doktorantlar stipendiyasini 1,7 barobarga oshirish;
ilmiy tadqiqotlar uchun zarur asbob-uskuna va reagentlar xaridiga har yili qo‘shimcha mablag‘ ajratish;
muvaffaqiyatli himoya qilingan dissertatsiyalar bo‘yicha ilmiy rahbarlarni natijaga qarab rag‘batlantirish;
Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini Fanlar akademiyasi tizimida tashkil etish;
ilmiy kengashlar mas’uliyatini oshirish va ular faoliyatini reyting asosida baholash.
Taqdimotda ilmiy daraja berish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu orqali dissertatsiya himoyasidagi amaldagi tartib-taomillarning 50 foizini qisqartirish taklif qilinmoqda.
Jumladan, ko‘p sonli hujjatlarni chop etish, avtoreferatlarni katta miqdorda tayyorlash va dissertatsiyalarni takroran muhokama qilish bilan bog‘liq ortiqcha talablarni bekor qilish rejalashtirilgan.
Ilm-fan va iqtisodiyotning real sektori o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish uchun “Loyiha doirasida ilmiy daraja” hamda “Amaliy doktorantura” dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Bu dasturlar orqali doktorlik tadqiqotlari ishlab chiqarish va iqtisodiyotning amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ilmiy izlanishlar real sektor korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Shuningdek, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va saralash tizimini takomillashtirish, jarayonga xalqaro ekspertlarni jalb qilish, loyihalarni baholashda raqamli texnologiyalardan foydalanish taklif qilindi.
Olimlarning ilmiy faoliyatini kuzatish uchun yagona raqamli tizim joriy etilishi mumkin. Ilmiy etika standartlari va tadqiqot sifati ustidan monitoring mexanizmlarini kuchaytirish ham rejalashtirilmoqda.
Xorijda faoliyat yuritayotgan vatandosh olimlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Shu maqsadda Ilm-fan maslahat kengashini tashkil etish taklif etildi.
Davlat rahbari mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.