150 mln so‘mlik “ulush” va 92 mln so‘m rag‘bat puli: Buxoroda tibbiyot rahbari ushlandi

© Bernad GavrilMujchina kladet konvert s dengami v karman pidjaka
Mujchina kladet konvert s dengami v karman pidjaka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2026
Obuna bo‘lish
Mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 11 800 dollarini turmush o‘rtog‘i orqali olgan vaqtida ushlangan.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Buxoroda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari 150 million so‘mlik “ulush” talab qilgani va xodimlarga ajratilgan rag‘batlantirish mablag‘larining 92 million so‘mini qayta yig‘ib olgani bo‘yicha ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda Buxoro viloyatidagi tumanlardan birining sog‘liqni saqlash bo‘limi hamda dori-darmon va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ o‘rtasida 1 mlrd 2 mln so‘mlik shartnoma tuzilgan.
Shartnoma asosida tibbiy buyumlar xarid qilingan. Dastlab umumiy summaning 30 foizi MChJ hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
DXX ma’lumotiga ko‘ra, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri qolgan 70 foiz mablag‘ni ko‘chirib berish hamda kelgusidagi xaridlarni ham ushbu MChJ orqali amalga oshirish evaziga shartnomada ko‘rsatilgan mahsulotlar umumiy qiymatining 15 foizini talab qilgan.
Bu summa 150 million so‘mni tashkil etgan.
DXX xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 11 800 dollarini turmush o‘rtog‘i orqali olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, uning yana bir holatga aloqadorligi ham aniqlangani aytilmoqda.
Xususan, u joriy yilda tumandagi oilaviy poliklinikalar xodimlari uchun jami 448 mln so‘m miqdorida rag‘batlantirish mablag‘lari ajratgan. DXXga ko‘ra, ushbu mablag‘lar yarmini qaytarish sharti bilan berilgan va keyinchalik 92 million so‘m qismi qayta yig‘ib olingan.
Holat yuzasidan sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi — pora olish hamda 167-moddasi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
MChJ vakiliga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 211-moddasi — pora berish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Naruchniki i molotok sudi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2026
DXX: sudya yordamchisi 53 ming, hokim o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi
Yangiliklar lentasi
0