https://oz.sputniknews.uz/20260514/otkan-kunlar-tarjimon-tovon-57569884.html
Mualliflik huquqi buzilgani uchun “O‘tkan kunlar” tarjimoniga 20,6 mln so‘m tovon undiriladi
Mualliflik huquqi buzilgani uchun “O‘tkan kunlar” tarjimoniga 20,6 mln so‘m tovon undiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Amerikalik tarjimon Mark Riz “O‘tkan kunlar” asarining inglizcha tarjimasi ruxsatsiz tarqatilgani bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi. Sud qaroriga ko‘ra, uning foydasiga 20,6 mln so‘m tovon undiriladi.
2026-05-14T17:11+0500
2026-05-14T17:11+0500
2026-05-14T17:14+0500
adabiyot
o‘zbekiston
abdulla qodiriy
adliya vazirligi
sud
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0e/57569612_0:68:1280:788_1920x0_80_0_0_bad37ea51af5f677d95bf461167d13a6.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Riz mualliflik huquqi buzilgani bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi.Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ul xodimi M. Chutpulatovdan Mark Riz foydasiga 20 million 600 ming so‘m tovon undirilishi belgilandi.Ma’lum qilinishicha, joriy yil aprel oyida Mark Riz sudga mualliflik huquqi buzilishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya undirish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritgan.Murojaat asosida vazirlik O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazgan. Natijada aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ul xodimiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.Sud qarori bilan ushbu xodimga 20 million 600 ming so‘m jarima belgilangan hamda asarning elektron nusxasini unilibrary.uz tizimidan o‘chirish majburiyati yuklatilgan.Adliya vazirligi eslatishicha, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zararni qoplash o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon to‘lashni talab qilishga haqli.
https://oz.sputniknews.uz/20250416/abdulla-qodiriy-otkan-kunlar-roman-qirgiz-nashr-48903797.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0e/57569612_28:0:1255:920_1920x0_80_0_0_1b227262c89d96fb0c7abc65c0573ae2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
adabiyot, o‘zbekiston, abdulla qodiriy, adliya vazirligi, sud, jamiyat
adabiyot, o‘zbekiston, abdulla qodiriy, adliya vazirligi, sud, jamiyat
Mualliflik huquqi buzilgani uchun “O‘tkan kunlar” tarjimoniga 20,6 mln so‘m tovon undiriladi
17:11 14.05.2026 (yangilandi: 17:14 14.05.2026) Mark Riz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini 15-yil davomida ingliz tiliga tarjima qilgan.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Riz mualliflik huquqi buzilgani bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ul xodimi M. Chutpulatovdan Mark Riz foydasiga 20 million 600 ming so‘m tovon undirilishi
belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil aprel oyida Mark Riz sudga mualliflik huquqi buzilishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya undirish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritgan.
Avvalroq Mark Riz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini 15-yil davomida ingliz tiliga — “Bygone Days” nomi bilan tarjima qilgani, ammo asarning elektron nusxasi ruxsatsiz tarqatilayotgani haqida Adliya vazirligiga murojaat qilgan edi.
Murojaat asosida vazirlik O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazgan. Natijada aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ul xodimiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.
Sud qarori bilan ushbu xodimga 20 million 600 ming so‘m jarima belgilangan hamda asarning elektron nusxasini unilibrary.uz tizimidan o‘chirish majburiyati yuklatilgan.
Adliya vazirligi eslatishicha, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zararni qoplash o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon to‘lashni talab qilishga haqli.