https://oz.sputniknews.uz/20260507/uzbekistan-aes-ekologiya-ekspertiza-57384119.html
O‘zbekistonda AES loyihasi bo‘yicha ekologik ekspertiza boshlandi
O‘zbekistonda AES loyihasi bo‘yicha ekologik ekspertiza boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi uchun ekspert guruhi tuzildi. Mutaxassislar loyihaning atrof-muhitga ta’siri, suv, tuproq, seysmologiya va tabiatni muhofaza qilish choralarini baholaydi.
2026-05-07T13:22+0500
2026-05-07T13:22+0500
2026-05-07T13:22+0500
aes
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
davlat ekologiya qo‘mitasi
jizzax
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/07/57383948_0:0:1281:720_1920x0_80_0_0_0e7b8560449a216b13098ada94f775ee.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi loyihasining atrof-muhitga ta’sirini baholash materiallari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert guruhi tashkil etildi.Ekologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, guruh loyiha materiallarini xolis va har tomonlama ko‘rib chiqish maqsadida tuzilgan. Ishlar ekologik ekspertiza va atrof-muhitga ta’sirni baholash sohasidagi qonunchilik asosida olib borilmoqda.Mutaxassislar AES loyihasining atmosfera havosi, suv resurslari, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’siri, shuningdek, gidrogeologik va seysmologik jihatlarini baholaydi. Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, ehtimoliy salbiy ta’sirni kamaytirish va tabiatni muhofaza qilish choralari samaradorligiga ham e’tibor qaratiladi.Ekspertlar Jizzax viloyati Forish tumanida joylashgan loyihalashtirilayotgan AES maydoniga borib, hududning tabiiy-iqlimiy, gidrologik va geomorfologik xususiyatlarini o‘rgandi.Ish yakuni loyihani keyingi bosqichlarda amalga oshirishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan ekologik talab va tavsiyalarni o‘z ichiga olgan davlat ekologik ekspertizasi xulosasi tayyorlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260421/aes-qurilish-loyiha-kolam-57037251.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/07/57383948_144:0:1104:720_1920x0_80_0_0_27f77081b648505eeb7efd11690b632d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aes, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, davlat ekologiya qo‘mitasi , jizzax, jamiyat
aes, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, davlat ekologiya qo‘mitasi , jizzax, jamiyat
O‘zbekistonda AES loyihasi bo‘yicha ekologik ekspertiza boshlandi
Ekspertlar Forish tumanidagi AES maydonini o‘rganib, loyihaning ekologik talablar va atrof-muhitga ta’sir nuqtayi nazaridan baholaydi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi loyihasining atrof-muhitga ta’sirini baholash materiallari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert guruhi tashkil etildi.
Ekologiya qo‘mitasi
ma’lumotiga ko‘ra, guruh loyiha materiallarini xolis va har tomonlama ko‘rib chiqish maqsadida tuzilgan. Ishlar ekologik ekspertiza va atrof-muhitga ta’sirni baholash sohasidagi qonunchilik asosida olib borilmoqda.
Ekspert guruhi tarkibiga O‘zbekiston milliy ekspertlari, shuningdek, Belarus Tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Respublika davlat ekologik ekspertizasi markazi mutaxassislari kiritilgan.
Mutaxassislar AES loyihasining atmosfera havosi, suv resurslari, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’siri, shuningdek, gidrogeologik va seysmologik jihatlarini baholaydi. Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, ehtimoliy salbiy ta’sirni kamaytirish va tabiatni muhofaza qilish choralari samaradorligiga ham e’tibor qaratiladi.
Ekspertlar Jizzax viloyati Forish tumanida joylashgan loyihalashtirilayotgan AES maydoniga borib, hududning tabiiy-iqlimiy, gidrologik va geomorfologik xususiyatlarini o‘rgandi.
Davlat ekologik ekspertizasi jarayonida jamoatchilik eshituvlarida bildirilgan taklif va mulohazalar ham ko‘rib chiqiladi.
Ish yakuni loyihani keyingi bosqichlarda amalga oshirishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan ekologik talab va tavsiyalarni o‘z ichiga olgan davlat ekologik ekspertizasi xulosasi tayyorlanadi.