Toshkentda FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi

© SputnikNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda qurilish obyektini foydalanishga qabul qilish bilan bog‘liq holat bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilib, pul mablag‘i topshirilayotgan vaqtda bir shaxs ushlandi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Toshkent shahrida quruvchi tashkilot rahbari poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimiga 30 ming dollar pora bermoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirkor rahbarlik qilayotgan MChJ tomonidan Yakkasaroy tumanida barpo etilgan 12 qavatli turar joy majmuasi foydalanishga qabul qilinmagan. Bunga obyektda bartaraf etilmagan qator kamchiliklar sabab bo‘lgan.
Shunga qaramay, u “Nazorat.MS.UZ” elektron portali orqali taqdim etilgan arizani ijobiy hal qilish evaziga Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimiga 30 ming dollar taklif qilgan.
Xodim bu haqda tegishli idoralarga xabar bergan.
DXX, FVV va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tadbirkor pulni topshirish vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
V Karakalpakstane zaderjani vimogateli v otnoshenii predprinimatelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
DXX: Nukusda soliqchilarning tadbirkorga nisbatan tamagirlikka urinishiga chek qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0