Eksport, investitsiya va grantlar: prezident elchilarga aniq topshiriqlar berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan videoselektorda elchilar faoliyati samaradorligini oshirish, eksport va investitsiyani ko‘paytirish bo‘yicha aniq KPI va topshiriqlar belgilandi
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda 2017-yildan buyon16 ta yangi diplomatik va konsullik vakolatxona ochilgani, diplomatik vakolatxonalar soni 60 taga, diplomatik aloqa o‘rnatilgan davlatlar soni 165 taga yetgani qayd etildi.
Endilikda elchilar faoliyat yuritayotgan davlatdan eksport tushumlari, turistlar oqimi, qonuniy ish joylariga fuqarolarni yuborish ular uchun KPI bo‘lishi belgilandi.
Eksport va investitsiya bo‘yicha topshiriqlar:
Yevropaga eksport 23 foizga oshib, 2,3 mlrd dollarga yetgani ijobiy baholandi;
Fransiya bozori uchun mineral o‘g‘it standartlarini mahalliy kimyo korxonalariga yetkazish va ko‘rgazmalar tashkil etish;
Yevropaning qishloq xo‘jaligi rivojlangan davlatlariga o‘g‘it eksportini oshirish dasturini ishlab chiqish;
Ispaniya tajribasini Surxondaryo va Qashqadaryoda joriy etish;
Niderlandiyadagi World Horti Center orqali kamida 100 nafar mutaxassisni tayyorlash.
Yangi bozorlar va logistika:
Qatar sanoat zonalari orqali Ko‘rfaz davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkonini yaratish;
Afrika qit’asi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish;
Polsha orqali Yevropa bozoriga chiqishda logistika xarajatlarini qisqartirish, Brest chegara punktida alohida yo‘lak ochish;
Ruminiya bilan hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish va Konstansa shahrida savdo uyi ochish.
Investitsiya va sanoat loyihalari:
Misr tajribasi asosida kartoshka urug‘chiligini 1 ming gektargacha kengaytirish;
Tuproqqal’ada 2 ming gektar cho‘lni o‘zlashtirish;
gepatit “S”ga qarshi dori ishlab chiqarish loyihasini boshlash.
To‘qimachilik va standartlar:
AQSh, Turkiya, BAA, Xitoy, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Polshada vakolatxonalar ochish;
kamida 15 ta xorijiy sorsing kompaniya va brendlarni jalb qilish;
100 ta mahalliy korxonada Better Work, BCI, Organic standartlarini joriy etish.
Grantlar va ta’lim:
har yili e’lon qilinayotgan 200 mlrd dollarlik xalqaro grantlardan samarali foydalanish;
grantlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratish;
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Yaponiya va Singapur orqali TOP–100 oliygohlarni O‘zbekiston universitetlariga hamkor qilib olib kelish.
Shuningdek natijaga erishgan diplomatlarga moliyaviy rag‘bat berilishi ta’kidlandi.
Joriy yilda eksportni 40 milliard dollarga, investitsiyani 50 milliard dollarga yetkazish asosiy maqsad sifatida belgilandi.
Proizvodstvo energosberegayushix stroymaterialov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Qurilish materiallari ishlab chiqarish va eksporti kengaytiriladi - prezident qarori
Yangiliklar lentasi
0