Qurilish materiallari ishlab chiqarish va eksporti kengaytiriladi - prezident qarori

© "O‘zsanoatqurilishmateriallari"Proizvodstvo energosberegayushix stroymaterialov
Proizvodstvo energosberegayushix stroymaterialov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Obuna bo‘lish
Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksportni kengaytirish va 2026-yildan ekologik, energosamarador materiallarni majburiy tartibda qo‘llash bo‘yicha yangi talablar belgilandi
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti o‘z qarori bilan qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 62 trillion so‘mga, eksportni esa 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi belgiladi.
Hujjat qurilish sanoatini rivojlantirish, ekologik toza va energosamarador materiallar ishlab chiqarishni kengaytirishni nazarda tutadi.
Qarorga muvofiq, Chegara qo‘shinlari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan ishlab chiqaruvchilarning Afg‘onistonga “Termiz” chegara punkti orqali xavfsiz kirib-chiqishini ta’minlaydi.
2026 yil 1-iyuldan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasida qurilish materiallarining kamida 25 foizi ekologik toza va resurstejamkor mahsulotlardan iborat bo‘lishi shartligi tekshiriladi.
2026 yil 1-yanvardan:
yosh olimlar uchun xorijiy ilmiy stajirovkalar tanlovi o‘tkaziladi;
2026–2028 yillar uchun 30 milliard so‘mlik ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilinadi.
2026 yil 1-martdan:
“Texnik tartibga solish” va “Shaffof qurilish” tizimlari integratsiya qilinib, xavfsizligi nomuvofiq deb topilgan ishlab chiqaruvchilar elektron reyestri shakllantiriladi;
xavfli deb topilgan materiallarni ishlab chiqargan korxonalar davlat xaridlarida qatnashishi taqiqlanadi.
Chiqindilar bilan ishlash tartibi
2026 yil 1-fevraldan:
muomaladan chiqarish haqida ko‘rsatma berilgan qurilish materiallari maxsus qayta ishlash korxonalariga yoki poligonlarga yuborilishi shart;
nazorat organlari bergan ko‘rsatmalar Ekologiya qo‘mitasi Situatsion markaziga integratsiya qilinadi.
2026 yil 1-iyundan:
chiqindilarni qayta ishlash majburiy talablari loyihalarda qurilish chiqindilari hajmi va to‘plash joylari aniq belgilab qo‘yilishi kerak;
obyektlarda changlanish va hid chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun buyurtmachi tomonidan maxsus choralar ko‘riladi.
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie “Eman materials” v industrialnoy zone Chilanzarskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
Sanoat jadal rivojlantiriladi va eksport oshiriladi - tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0