https://oz.sputniknews.uz/20251229/syria-biznes-aloqa-kelishuvlar-54527156.html
Suriya bilan biznes aloqalar kengayadi: Damashqda yangi kelishuvlarga erishildi
Suriya bilan biznes aloqalar kengayadi: Damashqda yangi kelishuvlarga erishildi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yilning birinchi choragida Suriya tadbirkorlaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tomonlar biznes-forum va B2B uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
2025-12-29T12:51+0500
2025-12-29T12:51+0500
2025-12-29T12:51+0500
o‘zbekiston
iqtisod
savdo
savdo-sanoat palatasi
investitsiya
suriya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1d/54527987_0:15:996:575_1920x0_80_0_0_05f886e159e62ae9d625886c81fdac59.jpg
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 2026-yilning birinchi choragida Suriyaning yirik tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, biznes-forum va uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Kelishuvga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) raisi Davron Vahabov va O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusovning Damashq shahriga tashrifi doirasida erishildi.Tashrif chog‘ida Suriya Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti Alaa Omar al-Ali hamda bosh direktori Muhammad Omir al-Homisiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorlari kelasi yilda Damashq shahrida o‘tkaziladigan “Damascus International Fair–63” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif etildi.Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida prezident kelgusi yildan Savdo-sanoat palatasining Iroqda 3 nafar, Suriyada esa 2 nafar savdo maslahatchilari ish boshlashini ma’lum qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20251125/urgut-samarkand-loyihalar-ozgarishlar-53740147.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1d/54527987_79:0:963:663_1920x0_80_0_0_697749f2a83070f7f5387c70e12fd01d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston–suriya hamkorligi, suriya tadbirkorlari o‘zbekiston, biznes-forum o‘zbekiston suriya, b2b uchrashuvlar, davron vaxabov, ayubxon yunusov, damashq tashrifi, suriya savdo palatalari federatsiyasi, o‘zbekiston mahsulotlari suriya bozori, damascus international fair 63, tashqi savdo, investitsiya hamkorligi
o‘zbekiston–suriya hamkorligi, suriya tadbirkorlari o‘zbekiston, biznes-forum o‘zbekiston suriya, b2b uchrashuvlar, davron vaxabov, ayubxon yunusov, damashq tashrifi, suriya savdo palatalari federatsiyasi, o‘zbekiston mahsulotlari suriya bozori, damascus international fair 63, tashqi savdo, investitsiya hamkorligi
Suriya bilan biznes aloqalar kengayadi: Damashqda yangi kelishuvlarga erishildi
Uchrashuvda Suriya tomoni mamlakat uzoq yillik notinchlikdan so‘ng ochiq iqtisodiy siyosatga qaytib, investitsiya va sanoatni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 2026 yilning birinchi choragida Suriyaning yirik tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, biznes-forum va uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha
kelishuvga erishildi.
Kelishuvga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) raisi Davron Vahabov va O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusovning Damashq shahriga tashrifi doirasida erishildi.
Tashrif chog‘ida Suriya Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti Alaa Omar al-Ali hamda bosh direktori Muhammad Omir al-Homisiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston mahsulotlariga, xususan, elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati mahsulotlariga Suriya bozorida qiziqish yuqori ekani qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorlari kelasi yilda Damashq shahrida o‘tkaziladigan “Damascus International Fair–63” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif etildi.
Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida prezident kelgusi yildan Savdo-sanoat palatasining Iroqda 3 nafar, Suriyada esa 2 nafar savdo maslahatchilari ish boshlashini ma’lum qilgan edi.