“Rosatom” O‘zbekistonga tadqiqot reaktori uchun innovatsion yadro yoqilg‘isini yetkazib berdi

© AO "TVEL" (Rosatom)"Rosatom" obespechil innovatsionnim yadernim toplivom issledovatelskiy reaktor v Uzbekistane
Rosatom obespechil innovatsionnim yadernim toplivom issledovatelskiy reaktor v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2025
Obuna bo‘lish
“Rosatom”ning yoqilg‘i divizioni O‘zbekiston Yadro fizikasi instituti uchun tadqiqot reaktori ehtiyojlariga mo‘ljallangan zamonaviy yadro yoqilg‘isini yetkazib berdi.
TOShKENT, 17 dek – Sputnik. “Rosatom”ning yoqilg‘i divizioni (boshqaruv kompaniyasi — “TVEL” AJ) O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bilan VVR-SM tadqiqot reaktori uchun modifikatsiyalangan yadro yoqilg‘isini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bajardi. Bu haqda “TVEL” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur reaktor yadro fizikasi, radiatsion materialshunoslik, aktivatsion tahlil, minerallarni nurlantirish, shuningdek, tibbiy va sanoat maqsadlari uchun radioizotoplar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Yoqilg‘i Novosibirsk kimoviy konsentratlar zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, zich uranli va uran-silitsidli yoqilg‘i kassetalari ilgari yetkazib berilgan standart IRT-4M kassetalariga nisbatan yuqori ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga ega. Uran konsentratsiyasining yuqoriligi reaktorning yoqilg‘i kampaniyasi davomiyligini uzaytirish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil may oyida O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Rossiya dizaynidagi RITM-200N reaktorlari asosida kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Ushbu loyiha dunyodagi birinchi kichik quvvatli AES bo‘yicha eksport shartnomasi hisoblanadi.
Shuningdek, “TVEL” AJ va O‘zbekiston Yadro fizikasi instituti ko‘p yillardan buyon yadroviy obyektlarni foydalanishdan chiqarish hamda radioaktiv chiqindilar bilan ishlash sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. 2019-yildan Toshkent shahrida MIFI NIYaUning filiali ham faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumot uchun, “TVEL” AJ Rossiya atom elektr stansiyalari uchun yagona yadro yoqilg‘isi yetkazib beruvchi hisoblanadi. Kompaniya mahsulotlari dunyoning 15 ta davlatidagi 70 dan ortiq energetika reaktori hamda qator tadqiqot reaktorlarida qo‘llaniladi. Hozirda dunyodagi har oltinchi energetik reaktor TVEL yoqilg‘isida ishlaydi.
V Tashkente proxodit zasedanie Komissii gosudarstv-uchastnikov SNG po ispolzovaniyu atomnoy energii v mirnix selyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2025
Toshkentda MDH atom energiyasi bo‘yicha komissiya majlisi: asosiy bayonotlar
Yangiliklar lentasi
0