https://oz.sputniknews.uz/20251217/cis-atom-energiya-komissiya-bayonotlar-54229925.html
Toshkentda MDH atom energiyasi bo‘yicha komissiya majlisi: asosiy bayonotlar
Toshkentda MDH atom energiyasi bo‘yicha komissiya majlisi: asosiy bayonotlar
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda MDHga a’zo davlatlarning atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha komissiyasining 26-majlisi o‘tmoqda.
2025-12-17T13:21+0500
2025-12-17T13:21+0500
2025-12-17T13:21+0500
aes
energetika
atom energetikasi
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
mdh
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/11/54229402_378:664:2730:1987_1920x0_80_0_0_1b1ecee2dd70a17b7f6b4353634f2ff1.jpg
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkentda MDHga a’zo davlatlarning atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha komissiyasining 26-majlisi doirasida qator bayonotlar bildirildi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Nozim Muksinovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston xalqaro yadro-energetika muloqotida faol ishtirok etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan milliy yadro-energetika dasturi izchil amalga oshirilmoqda, jumladan, atom elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.“Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori maslahatchisi Mixail Lisenko Rossiya uchun ham tinch atom ustuvor yo‘nalish ekanini ta’kidladi.MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov esa O‘zbekiston iqtisodiyoti va aholisi o‘sib borayotgani sababli elektr energiyasi quvvatlarini oshirish zarurligini qayd etib, AESning ishga tushirilishi energetika tizimining barqarorligi va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251217/cis-atom-komissiya-majlis-54224141.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/11/54229402_462:347:2730:2048_1920x0_80_0_0_cb12b53a9a3253aef41b74b8e8d3ec73.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, mdh, atom energiyasi, tinch atom, mdh atom komissiyasi, rosatom, o‘zatom, yadro energetikasi, energetika xavfsizligi, o‘zbekiston
toshkent, mdh, atom energiyasi, tinch atom, mdh atom komissiyasi, rosatom, o‘zatom, yadro energetikasi, energetika xavfsizligi, o‘zbekiston
Toshkentda MDH atom energiyasi bo‘yicha komissiya majlisi: asosiy bayonotlar
Tinch atomdan foydalanish, energetika tizimining barqarorligi va yadro texnologiyalarini joriy etish masalalari MDHga a’zo davlatlar vakillari ishtirokida muhokama qilinmoqda.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkentda MDHga a’zo davlatlarning atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha komissiyasining 26-majlisi doirasida qator bayonotlar bildirildi, deya xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Nozim Muksinovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston xalqaro yadro-energetika muloqotida faol ishtirok etmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan milliy yadro-energetika dasturi izchil amalga oshirilmoqda, jumladan, atom elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, fuqarolik sohalarida tinch atomdan foydalanish, xususan, onkologik kasalliklarni tashxislash va davolashni yaxshilash uchun yadroviy tibbiyotning zamonaviy infratuzilmasini yaratish va qishloq xo‘jaligida radiatsiya texnologiyalarini joriy etish loyihalariga e’tibor qaratildi.
“Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori maslahatchisi Mixail Lisenko Rossiya uchun ham tinch atom ustuvor yo‘nalish ekanini ta’kidladi.
MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov esa O‘zbekiston iqtisodiyoti va aholisi o‘sib borayotgani sababli elektr energiyasi quvvatlarini oshirish zarurligini qayd etib, AESning ishga tushirilishi energetika tizimining barqarorligi va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishini bildirdi.