Ahamiyatini yo‘qotgan 800 ta hujjat bekor qilinadi — “tartibga solish gilotinasi” ishga tushdi

© Sputnik / Sgenerirovano IIOtmenyayetsya rad zakonodatelnix aktov, utrativshix svoyu aktualnost
Otmenyayetsya rad zakonodatelnix aktov, utrativshix svoyu aktualnost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2025
Obuna bo‘lish
Tartibga solishni soddalashtirish va tadbirkorlikka ortiqcha yuklamalarni kamaytirish yuzasidan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. O‘zbekistonda amalda ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotgan 800 taga yaqin qonunchilik hujjatlari “tartibga solish gilotinasi” orqali bekor qilinadi. Prezident tomonidan shu bo‘yicha tegishli farmon imzolandi.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu farmonga muvofiq, tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish hamda tartibga solishni soddalashtirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:
tadbirkorlar uchun moliyaviy operatsiyalarni “E-aktiv” tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qilish;
ko‘chmas mulkka nisbatan garov huquqini ro‘yxatga olishda davlat xizmati bahosini 2 baravarga kamaytirish;
shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga muqobil hujjatlar asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Prezident Ukraini Petr Poroshenko na zasedanii Soveta po voprosam sudebnoy reformi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2025
Yangi tartib: strategik hujjatlar konsepsiya, strategiya va dasturlarga bo‘lindi
Yangiliklar lentasi
0